Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
123
uning orqasida xafachilik bo‘lmasin, bir xafachilikni talab qilgin, uning orqasida 
xursandchilik bo‘lmasin». Ya’ni, demak, agar jannat xur-sandchilik bo‘lmasin». Ya’ni, 
demak, agar jannat xursand-chiligiga yetmoqlikni xohlasang, bu dunyoda xafa holda 
bo‘lgin. Kuluvchi, xursand holda bo‘lmaginki, jannat xursandchiligiga yetishing uchun. U 
xursandchilikning orqasida xafalik yo‘q. 
Va yana aytildi: «Uch narsa qalbni qattiq qiladi: sababsiz kulish, qorni och bo‘lmasdan 
yeyishlik va hojatsiz gapirishlik». 
254. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Yolg‘on gapirib, odamlarni kuldirgan kimsaga vayl 
bo‘lsin, vayl bo‘lsin, vayl bo‘lsin!» 
Ibrohim Naxaiy aytdi: «Kishi gapirib atrofdagilarni kuldiradi. Bu kalima bilan Alloh g‘azab 
qiladi va unga Allohning g‘azabi bo‘ladi. Bu g‘azab uning atrofidagilarni umum qiladi 
(qo‘shib yuboradi). Kishi bir kalima gapiradi. U kalima bilan Alloh rozi bo‘ladi, unga va 
atrofidagilarga rahmat yetadi». 
255. Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayraga aytdilar: «Ey Abu Hurayra, taqvodor bo‘lgin, 
odamlarning obidrog‘i bo‘lasan, qanoatli bo‘lgin, odamlarning shukr qilguvchirog‘i 
bo‘lasan, o‘zing yaxshi ko‘rgan narsani odamlar uchun ham yaxshi ko‘rgin, mo‘min 
bo‘lasan, kulishni kamaytirgin, chunki ko‘p kulishlik qalbni o‘ldiradi». 
Ahnaf ibn Qays aytadi: Umar ibn Xattob, Alloh undan rozi bo‘lsin: «Ey Ahnaf, kim 
kulishni ko‘paytirsa, uning haybati kamayadi; kim mazax qilsa, u bilan yengil sanaladi
kim bir narsani ko‘paytirsa, o‘sha bilan taniladi. Kim gapni ko‘paytirsa, uning xatosi 
ko‘payadi; xatosi ko‘pning hayosi kamayadi; kimning hayosi kamaysa, uning taqvosi 
kamayadi; kimning taqvosi kamaysa, uning qalbi o‘ladi; kimning qalbi o‘lsa, do‘zax unga 
avloroq bo‘ladi». 
Faqih aytadi: Qah-qaha otib kulishdan saqlan. Chunki unda sakkizta ofat bordir: 
1. Seni ulamolar va aqlli kishilar yomon ko‘radi. 
2. Senga johillar va axmoqlar jur’at qiladi. 
3. Agar johil (ilmsiz) bo‘lsa, ilmsizligi ortadi, agar olim bo‘lsa, ilmi kamayadi. Chunki 
xabarda keldi: «Albatta, olim kishi kulsa, uning ba’zi ilmi otilib chiqadi». 
4. Qahqaha otib kulishdan o‘tgan gunohlarni unutish bordir. 
5. Qahqaha otib kulinsa, kelajakda gunohlarga jur’at qilinadi. Chunki, kim kulsa, qalbi 
qattiq bo‘ladi. 
6. Unda o‘limni va oxirat ishlarini unutish bordir. 
7. U kuldirgan kishining gunohi unga o‘tadi. 
8. Ozgina kulish bilan oxiratda ko‘p yig‘lash «mukofoti» bor. 
Alloh taolo aytdi: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin