Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
121
Yahyo ibn Maoz Roziy aytadi: «To‘rt xislat mo‘minning kulishdan va xafa bo‘lishidan 
man’ qilib qo‘yadi: 1) oxirat g‘ami; 2) yashash bilan shug‘ullanish; 3) gunohlar g‘ami; 4) 
musibatlarning og‘riqlari». 
Mo‘min kishiga mana bu to‘rt xislat bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim. Bu xislatlar 
kulishlikdan uni man’ qiladi. Albatta, kulish mo‘minning amalidan emas. 
Alloh taolo kulish bilan yurgan qavmni aybladi: 
«Ey mushriklar, hali sizlar mana shu 
so‘zdan (Qur’ondan) ajablanursizlarmi? (Undagi oyatlarning benazir va bemisl 
o‘git-nasihatlaridan ta’sirlanib) yig‘lamasdan, g‘ofil bo‘lgan hollaringizda 
kulursizlarmi?»
(Najm, 59–61). 
Yig‘lash bilan yurgan qavmlarni maqtadi: 
«Ular yig‘lagan hollarida yuzlari bilan 
yiqilurlar va (Qur’on) xokisorliklarini ziyoda qilur» 
(Al-Isro, 109). 
Va aytildi: «Tiriklarning g‘ami besh narsadir. Inson mana shu besh g‘am bilan yurmog‘i 
lozim bo‘ladi: 
1. O‘tgan gunohlarining g‘ami, chunki u qilgan gunohlari afv qilingani ravshan emas. 
Mana shundan g‘amgin va mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim. 
2. U yaxshi amallar qildi, ammo uning qabul qilinganligi aniq-ravshan emas. 
3. U o‘tgan hayotining qanday, qaerda o‘tganini bildi, lekin qolgan umrining qanday 
o‘tishini bilmaydi. 
4. U Allohning ikki uyi borligini biladi. Lekin qaysi birida bo‘lishini bilmaydi. 
5. Alloh taolo undan rozi yoki g‘azabli ekanligini bilmaydi. Kimning hayotida bu besh 
narsalar bo‘lsa, albatta u kulishdan qaytadi. 
Kimning hayotida mana bu besh narsa bo‘lmasa, o‘limidan keyin besh g‘am uning 
istiqboliga chiqadi: 
1. Harom va shubhalardan yig‘ib qoldirgan narsalari va ularni dushman (vorislariga) 
qoldirganiga hasrat qilishligi. 
2. Yaxshi amallarni yaqinda qilaman, deb kechiktirganligiga pushaymon bo‘lishlik va 
amallarini kitobida (nomai a’molida) kam ko‘rganidan keyin, yaxshi amallar qilish uchun 
ruxsat so‘raydi, unga ruxsat berilmaydi. 
3. Gunohlariga pushaymon bo‘lishligi, u kitobida ko‘p gunohlarni ko‘radi, shundan so‘ng 
tavba qilishga, qaytishga ruxsat so‘raydi. Unga ruxsat berilmaydi. 
4. O‘zida dushmanlarni ko‘p ko‘rmoqligi. Ularga o‘z yaxshi amallarini berib, rozi qilishdan 
boshqa yo‘l topolmaydi. 
5. Allohning unga g‘azabi borligini ko‘radi va Uni rozi qilish mumkin bo‘lmaydi» 
251. Abu Zarr G‘iforiy rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: «Agar men bilgan 
narsani sizlar bilganlaringizda edi, kamroq kulib, ko‘proq yig‘lar edingizlar. Agar men 
bilgan narsani bilganlaringizda edi baland joylarga chiqib, baland ovozda Rabbilaringizga 
duo qilar edingizlar va yig‘lardingizlar. Agar men bilgan narsani bilganlaringizda edi, 
xotinlaringiz bilan quvonib yurmas edingizlar va to‘shaklaringizga ham olmas edingizlar. 
Koshki, Alloh taolo meni xalq etgan kunda kesiladigan daraxt qilib yaratganda edi!» 
Yunus Hasan Basriydan rivoyat qiladi: «Basriy aytdi: «Mo‘min xafa holatda kechani 
o‘tkazadi va xafa holatida tong ottiradi». Hasan Basriyni qachon ko‘rsam u kishiga yangi 
musibat kelgandek ko‘rardim». 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
122
Boshqa rivoyatda aytiladi: Hasan Basriy xuddi onasini ko‘mib kelgan kishi suratida xafa 
holatida ko‘rinar edilar. 
Avzoiy Allohning: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin