Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
holatda chiqadi.
2. Maloikalar uni rahmat bilan hursand qiladi.
3. Jannatdagi o‘rnini ko‘radi.
Qabrda quvvatlantirish uch turlidir:
1. Alloh taolo yaxshi to‘g‘ri so‘zlarni unga bildirib (o‘rgatib) qo‘yadi. Shu bilan ikki
farishtaga Parvardigori rozi bo‘ladigandek javob beradi.
2.
Undan ayanchli, dahshatli qo‘rquvni ketkazadi.
3. Jannatdagi o‘rnini ko‘radi, so‘ngra qabr jannat bog‘laridan bir boqqa aylanadi.
Hisob paytida quvvatlantirish uch turlidir:
1. Undan so‘raladigan hujjatni Alloh taolo unga o‘rgatib qo‘yadi.
2. Uning ustida bo‘ladigan hisobni yengil qilib qo‘yadi.
3. Adashishlik va xatolarni o‘tkazib, kechirib yuboradi.
Va aytiladiki, quvvatlantirish to‘rt holatdadir:
1. O‘lim vaqtida.
2. Qabrda javob berishlikda.
3. Hisob paytida.
4. Sirot ko‘prigi oldida, ya’ni undan ko‘rinmay ovoz chiqaradigan chaqmoq kabi o‘tib
ketadi.
Agar: “Qabrdagi savol qanday bo‘ladi?” deb so‘ralsa, aytiladiki: “Bu savolga ulamolar
ko‘p so‘z aytadilar.
Unda turli rivoyatlar, qarama-qarshiliklar bor. Ba’zilari aytdilar:
“Savol Ruhga bo‘ladi, jasadga emas. U vaqtda ruh jasadning ichiga kiradi”, deyiladi.
Yana aytiladi: “Ruh jasad va kafan orasida bo‘ladi”, deb. Bu so‘zlarning hammasi oyat va
hadislardan, haqiqiy rivoyatlardan kelib chiqqan. Ahli ilmlar nazdidagi to‘g‘ri ish
insonning qabr savollariga iqror bo‘lishligidir. Savol-javobning kayfiyati bilan mashg‘ul
bo‘lib qolmasligi kerak. Va: “Alloh biluvchiroqdir, uning
qanday ekanligini albatta,
o‘lganimizda ko‘rgaymiz”, deb aytmoq to‘g‘riroqdir.
Qabrda bo‘ladigan Munkar-Nakir savol-javoblariga ishonmaslik ikki turli bo‘lishi mumkin.
1. Bu holat g‘ayritabiiy bo‘lganligi uchun, bu aqlga sig‘maydi, deyish bilan.
2. Bo‘lishi mumkin, deydiyu, lekin bu haqdagi dalillarni asossiz deb biladi, ya’ni dalillarga
qanoatlanmaydi.
Agar kimki, bu holat g‘ayritabiiy, bo‘lishi
mumkin emas, desa, bunday so‘z
payg‘ambarlikni inkor qilish va mo‘jizani yo‘qqa chiqarishdir, chunki payg‘ambarlar
odamlardandir. Ularning tabiati odamlarning tabiati kabidir. Albatta, payg‘ambarlar
farishtani ko‘rdilar, u ularga vahiy tushirdi. Muso alayhissalom uchun dengiz yorildi, u
zotning hassasi ajdahoga aylandi. Buning hammasi tabiatga xilofdir.
Ammo bu
narsalarni dalillar kuchli emas deb inkor qilishlik Islomdan chiqishlikdir. Bizdan uni
quvvatlaydigan javoblar yetardi. Alloh o‘z kitobida dalil qilib aytdi:
Dostları ilə paylaş: