Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
249
ey Hasan, agar siz bir gapni gapirsangiz, albatta, to‘g‘ri deb tasdiqlayman-u, endi
qanday ishonmayki, Alloh "Menga
duo qilinglar, ijobat qilaman", deb aytib turgan
bo‘lsa?!" Hammalari u zot huzuridan chiqqach, Hasan: "U mendan ko‘ra faqihroqdir",
dedilar.
Zikr qilinishicha, Robi’a Adaviya qabristonga chiqdilar. Bir kishi uchrab, unga: "Men
uchun Allohga duo qiling", dedi. Robi’a Adaviya aytdilar: "Sizga Alloh rahm qilsin,
Allohga itoat eting va duo qiling, chunki u muztar kishining duosini ijobat qiladi".
611. A’mash Molik ibn Horisdan rivoyat qiladilar: Alloh taolo aytadi: "Kimni
Menga zikr
aytish Mendan so‘rashdan mashg‘ul qilib qo‘ysa, unga so‘raganlarning so‘raganidan ham
afzalrog‘ini beraman".
Solih ibn Mismar aytadilar: Alloh taolo: "Menga duo qilasizlar-u, qalblaringiz Mendan
o‘girilgan, bas, bu yo‘lingiz botildir", deydi.
Bir hakimdan so‘rashgan ekan: "Bizlar duo qilamiz, lekin duolarimiz ijobat bo‘lmaydi.
Alloh taolo: "Menga iltijo-duo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob
qilurman", deb aytgan-ku?" deb. Hakim aytibdi: "Sizlarda yetti xislat duolaringizning
ijobatini man’ qiladi". "Qaysi xislatlar?" deb so‘rashdi. Aytdi:
"Sizlar Rabbingizni g‘azablantirasizlar, ammo Uning
rizosini talab qilmaysizlar, ya’ni,
Allohning g‘azabi vojib bo‘ladigan ishlaringga pushaymon qilmaysizlar.
Bizlar Allohning bandalarimiz, deysizlar. Ammo bandaning ishini qilmaysizlar, ya’ni,
banda xo‘jasi buyurganni bajaradi va Uning amridan chiqmaydi.
Sizlar Qur’onni o‘qiysizlar, lekin unga ergashmaysizlar, ya’ni, tafakkur va ta’zim bilan
o‘qimaysizlar, buyruqlariga amal qilmaysizlar.
Biz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlarimiz, deysizlar-u,
u kishining
sunnatiga amal qilmaysizlar, ya’ni, sizlar odatlarga va rasm-rusumlarga amal qilib,
sunnatga ergashmaysizlar.
Sizlar dunyoni yalang‘och deb aytasizlar, ammo unga ishonib qolgansizlar.
Sizlar harom va shubhali luqma yeysizlar. U ikkovidan qaytmaysizlar.
Oxirat dunyodan yaxshiroq, deysizlar, lekin oxirat talabida harakat qilmaysizlar va
oxiratdan ko‘ra dunyoni ko‘proq xohlaysizlar".
Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Allohga duo qiluvchining
qorni haromdan pok
bo‘lmog‘i lozim. Chunki harom duoni ijobat bo‘lishdan to‘sadi.
612. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): "Ey Rasululloh, Allohga duo qilyapman, lekin duoyim
mustajob bo‘lmayapti", dedilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: "Ey
Sa’d, haromdan saqlan, chunki qoringa bir luqma harom kirsa, uning duosi qirq
kungacha qabul bo‘lmaydi".
Duoda shoshilmaslik lozim. Chunki duo go‘y
Alloh taologa duo qilsa, Alloh, albatta, qabul
etadi. Duoning ijobati o‘sha soatda ko‘ringani ham ko‘p, boshqa vaqtda zohir bo‘lgani
ham ko‘p, bu dunyoda ko‘rinmay, oxiratga qolgani ham ko‘p.
Xabarda zikr qilinishicha, Muso (a.s.) Fir’avn va qavmini halok qilishni so‘radilar. Horun
(a.s.) "omin" deb turdilar. Alloh taolo ularga: