Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
296
742-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan.
743-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
744-hadis. Sahih. Termiziy rivoyat qildilar. “Sahihul-jome’”ga qarang.
745-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan.
746-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilgan.
747-hadis. Botil, asli yo‘q. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
748-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
OLTMISH YETTINCHI BOB
AMAL VA NIYAT BIRLIGI
Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Zayd ibn Maysaradan rivoyat qiladilar: “Alloh taolo:
“Men hamma hakim bandaning kalomini qabul qilavermayman, uning g‘ami va xohishiga
qarayman. Agar g‘ami va xohishi Menga bo‘lsa, sukutini tafakkur, so‘zini, gapirsa-
gapirmasa, zikr qilib qo‘yaman”, deydi”.
Ibrohim Naxa’iy (r.a.) aytadilar: “Kishi g‘azab bilan bir gap gapiradi va undan yaxshilikni
niyat qiladi, Alloh shunda unga nisbatan odamlarning qalbiga uzr soladi. Hatto ular,
faqat yaxshilikni xohlagan edi, deyishadi. Yana bir kishi yaxshi so‘zni gapiradi, lekin
yaxshilikni niyat qilmaydi. Alloh buni odamlarning qalblarida bildiradi. Hatto, ular, bir
kalomida yaxshilikni iroda qilmadi, deyishadi”.
Avn ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: “Yaxshilik ahllari bir-biriga uch kalimani yozib turishar
edi: kim oxirat uchun amal qilsa, Alloh uning dunyo amallarini to‘g‘irlab qo‘yadi. Kim
ichini isloh qilsa, Alloh tashqarisini ham isloh qilib qo‘yadi. Kim Alloh bilan o‘zi orasini
isloh qilsa, Alloh u bilan odamlar orasini isloh qilib qo‘yadi”.
Hasan (r.a.) Alloh taoloning:
Dostları ilə paylaş: