Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə407/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
370
oladi? U sizlarni ojiz qoldiryapti”, dedi. Shaytonlarning Ifrit degan bittasi: “Men uni 
fitnaga solaman”. Agar uni fitna qila olmasam, men sizlardan emasman”, dedi. Iblis 
aytdi: “U seniki”. Shayton Bani Isroil podshohlaridan birining uyiga jo‘nadi. Uning 
chiroyli qizi bor edi. U qiz otasi, onasi va opa-singillari bilan o‘tirgan edi. Shayton uni 
aqldan ozdirdi. Bundan ular qattiq qo‘rqishdi. Qiz jinniga o‘xshab qoldi. Bir necha kun 
o‘tganidan keyin Ifrit ularning oldilariga odam suratida kelib aytdi: “Qizingizni tuzalishini 
xohlasanglar, falon rohibga olib boringlar, qizni ko‘rib, haqqiga duo qiladi”. So‘ng qizni 
rohib oldiga olib borishdi. U duo qilganidan keyin qiz tuzaldi. Ammo qaytganlaridan keyin 
kasali yana qaytaladi. Shayton ularning oldiga kelib: “Qizingiz tuzalishini xohlasanglar, 
uni rohibning oldiga bir necha kunga tashlab kelinglar”, dedi. Qizni tashlab kelish uchun 
qizni rohibnikiga olib borishdi. Rohib uni qabul qilmoqdan bosh tortdi. Ammo uni 
majburlashdi va tashlab ketishdi. Rohib kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim edi. Shayton 
qizni unga ro‘para qila olmadi. Rohib ovqatlanishga o‘tirganida, qizning jinniligi tutib, 
kiyimlarini yirtib tashladi. Rohib undan yuzini o‘girdi. Bu hol uzoqqa cho‘zildi... Bir kuni 
unga qaradi. U oldin hech ko‘rmagan qomat va chehrani ko‘rdi. So‘ng o‘zini tuta olmay, 
u bilan qo‘shildi, qiz undan homilador bo‘lib qoldi. So‘ng shayton rohibning oldiga kelib: 
“Sen kimni homilador qilib qo‘yding, bu qilgan ishing tufayli aniq podshohning jazosiga 
tortilasan, endi uni o‘ldirib, kulbang oldiga ko‘msanggina qutulishing mumkin. Ular 
sendan qizlarini so‘rashsa, ajali yetib o‘ldi, deb ayt. Ular senga ishonishadi”, dedi. Rohib 
turib, uni o‘ldirdi va ko‘mdi. Qizning uyidagilari kelib so‘rashganida, o‘ldi, deb aytdi. Ular 
ishonib, qaytib ketishdi. (Boshqa bir rivoyatda kelishicha, Rohib: “U tuzalib, uyiga ketdi”, 
deb aytdi. Ular bunga ishonib qaytib ketishdi. So‘ng uylaridan surishtira boshlashdi). 
Shunda shayton ularning oldiga borib aytdiki: “Rohib unga qo‘shildi, u homilador 
bo‘lganidan keyin, bu ish oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, uni o‘ldirdi va ko‘mib qo‘ydi”. 
Podshoh odamlari bilan Rohibning oldiga keldi. Uni osmoqchi bo‘lib ushlashdi. U osilgan 
vaqtda shayton kelib: “O‘sha ishlarni men qildim. Agar sen Allohni qo‘yib, menga sajda 
qilsang, bu holdan seni qutqaraman. Ularga, u o‘ldirmagan, boshqa odam o‘ldirgan, deb 
aytaman. Ular menga ishonishadi”, dedi. Rohib aytdi: “Bu holatda qanday sajda 
qilaman?” Shayton: “Boshing bilan imo qilsang ham, roziman”, dedi. Rohib unga sajda 
qildi. So‘ngra shayton unga: “Men sendan bezorman”, dedi.
Alloh bu haqda aytadi: 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin