Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Sizlar o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə410/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Sizlar o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun 
yomon bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar 
bilmassiz”
(Baqara, 216-oyat), ya’ni, sizlarga taqdir qilingan narsaga rozi bo‘linglar, 
zero, sizlar nafsingizni nima isloh qilishini bilmaysizlar. 
Hakimlardan biri aytadi: “Manzil to‘rtta: dunyoda yashaymiz; qabrda yotamiz; 
mahshargohda to‘planamiz; yaratilishimiz sababi bo‘lgan abadiyatga qaytamiz. Dunyoda 
yashashimiz hojilarning ovqatlanishiga o‘xshaydi, ular xotirjam o‘tirmaydilar, ulovlaridan 
yuklarini tushirmaydilar, chunki bu manzildan tezda o‘tib ketishlari kerak. Qabrda 
yotishimiz karvonsaroyga tushishlariga o‘xshaydi. Hojilar u yerda yuklarini tushiradilar
bir-ikki kun dam oladilar, so‘ng jo‘nab ketadilar. Mahsharga to‘planishimiz hojilarning 
Makkada to‘planishiga o‘xshaydi. Ular haj ruknlarini bajaradilar, So‘ng o‘ng va chap 
tomonlarga ajralib ketadilar. Shuningdek, qiyomat kuni ham hisob-kitobdan keyin bir 
firqalari jannatga, bir firqalari do‘zaxga ajraladi”. 
Shaqiq ibn Ibrohim (r.a.) aytadilar: “Yetti yuzta olimdan beshta narsa to‘g‘risida 
so‘radim. Ularning javoblari bir xil bo‘ldi. “Oqil kim?” deb so‘radim. “Oqil dunyoni yaxshi 
ko‘rmagan kishidir”, deyishdi. “Ziyrak kim?” deb so‘radim. “Dunyoga aldanib qolmagan 
kishi”, deyishdi. “Boy kim?” deb so‘radim. “Allohning taqsimotiga rozi bo‘lgan kishi”, 
deyishdi. “Kambag‘al kim?” deb so‘radim. “Qalbi to‘ymaydigan kishi”, deyishdi. “Baxil 
kim?” deb so‘radim. “Molidan Allohning haqqini (ya’ni, zakotni) bermaydigan kishi”, 
deyishdi”. 
Aytdilarki, Alloh bandaga uch narsada g‘azab qiladi: 
1. Alloh taolo buyurgan ishni nuqsonli qilsa. 
2. Alloh taoloning taqsimotiga rozi bo‘lmasa. 
3. Bir narsani so‘rab, so‘ng unga yetisholmay, Rabbiga g‘azab qilganida. 
Ba’zi hakimlar aytadi: “Allohning: 
“O‘g‘ri erkakning ham, o‘g‘ri ayolning ham qilmishlariga jazo bo‘lsin uchun, 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin