“Ey imon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilinglar!”
deyiladi. (Tahrim, 8). Xolis
tavba qalb bilan pushaymon bo‘lish, til bilan istig‘for so‘rash, badan bilan uzilish va unga
hech qaytmayman deb qalbiga jo qilishdir!”
117. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Til bilan kechirim so‘rovchi, keyin gunohida davom
etuvchi kimsa xuddi Rabbini masxaralovchi kabidir”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
62
Robi’adan, Alloh undan rozi bo‘lsin, zikr qilindi: “Bizning gunohlarimizni so‘ramog‘imiz
ko‘p istig‘forlarga muhtoj bo‘ladi, ya’ni tili bilan kechirim so‘raydi, niyati esa gunohga
qaytish bo‘ladi. Bu tavba yolg‘onchilarning tavbasidir. Bu tavba emas, tavba til bilan
istig‘for so‘rash va o‘sha gunohga ikkinchi marta qaytmaslikni niyat qilishdir. Agar
o‘shanday qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi, agar katta gunoh bo‘lsa ham. Chunki
Alloh bandalariga rahmlidir”.
Zikr qilindiki: “Bani Isroilda bir podshoh bor edi. Ko‘p ibodat qilguvchi bir kishini unga
sifatlabdilar, uni chaqirib: “Mening suhbatimda bo‘lasan, uyimda turasan”, deb talab
qilibdi. Haligi obid: “Ey podshoh, bordi-yu, bir kuni uyingga kirib, joriyang bilan
o‘ynashib o‘tirganimni ko‘rib qolsang, nima qilasan?” debdi. Podshoh achchiqlanibdi: “Ey
fojir, menga shu gapni aytishga jur’at qilasanmi?” Obid aytdi: “Mening karamli
Parvardigorim bor, agar menda bir kunda yetmishta gunoh ko‘rsa ham g‘azab qilmaydi.
Eshigidan haydab chiqarmaydi. Meni rizqidan ham mahrum qilmaydi. Endi qanday qilib,
uning eshigidan ketay va hali men unga gunoh qilmay turib, menga g‘azab qilgan
odamning qanday qilib yonida turay?! Agar gunoh qilayotgan paytimda ko‘rsang, nima
qilarding?” Keyin chiqib ketdi”.
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Gunoh ikki xil bo‘ladi. Sen va Rabbing orasidagi
gunoh hamda sizlar bilan bandalar orasidagi gunoh. Alloh taolo bilan sening orangdagi
gunohning tavbasi til bilan istig‘for aytish, dil bilan pushaymon bo‘lish va qalbida shu
gunohga qaytmaslik qasdini tutish bilan bo‘ladi, agar bularni qilsa, Alloh taolo uning
gunohlarini kechadi. Agar farzlaridan birontasini tashlasa, u paytda tavbasi foyda
bermaydi, toinki o‘sha bajarmagan ibodatini qilmagunicha, keyin pushaymon yeydi va
istig‘for so‘raydi. Ammo sen bilan bandalar orasidagi gunoh shundayki, ular rozi
bo‘lmasalar, tavba senga foyda bermaydi, to oralaringni ochiq qilmagunlaringcha!
Ba’zi tobe’inlardan, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Albatta gunohkor gunoh
qilib qo‘yadi, so‘ngra gunohini kechirishini so‘rab, pushaymon qilguvchi holatida bo‘lsa,
jannatga kiradi. Shayton aytadi: “Koshki men uni jannatga tushirmaganimda edi!” deb”.
Ba’zi hakimlar aytdilar: “Albatta kishining tavbasi to‘rt narsada bilinadi:
1. Tilini ortiqcha so‘zlardan, g‘iybatdan va yolg‘ondan tiymoqlikda.
2. Biron bir kishiga hasad va adovat qilmaslikda.
3. Yomonlik egalaridan ajralmoqlikda.
4. O‘limga tayyor holatda bo‘lishida, o‘tgan gunohlari uchun istig‘for so‘rashi,
pushaymon qilishi va Allohning toatiga harakat qilgan holatda bo‘lishida bilinadi.
Ba’zi hakimlarga aytildi: “Tavba qiluvchining tavbasi qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi
ekanligini bildiradigan alomatlar bormi?” Aytdilar: “Bor. Uning alomati to‘rt narsadir:
1. Yomonlik egalaridan uzilish, ularni o‘zi uchun qo‘rqinchli ko‘rishligi va yaxshilarga
qo‘shilishi.
2. Gunohlarning hammasidan uzilgan bo‘lmog‘i va barcha toatlarga yuzlangan holatda
bo‘lmog‘i.
3. Uning qalbidan dunyo xursandchiliginning hammasi ketmoqligi, o‘z qalbida har doim
oxirat g‘amini ko‘rmoqligi.
4. Alloh taolo unga berilgan rizqni o‘z nafsidan forig‘ holatda ko‘rmog‘i va Alloh buyurgan
narsalarga mashg‘ul bo‘lish holatini o‘zida ko‘rishligi. Agar yuqoridagi bu alomatlar
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Dostları ilə paylaş: |