Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
60
111. Hasan Basriy, Alloh rahmat qilsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Alloh
taolo iblisni tushirgan vaqtda (iblis) aytdiki: “Sening izzating bilan qasamki men odam
farzandidan ajralmayman, toki uning ruhi jasadidan ajralmaguncha!” Aloh taolo aytdi:
“Mening qudratim, ulug‘ligim haqqi, bandamdan tavbani o‘lim bilan kelayotgan g‘arg‘ara
vaqtida ham to‘smayman!”
112. Abu Qosim Abu Amoma Boxiliydan, u Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “O‘ng qo‘l
farishtasi chap qo‘l farishtasidan omonatdordir, banda yaxshi amal qilsa, uning yaxshi
amali uchun o‘nta savob yozadi. Agar yomon amal qilsa, chap tomon sohibi yozishni
xohlagan vaqtida o‘ng tomon sohibi, to‘xtagin, deydi. Olti va yetti soat to‘xtab turadi.
Allohdan istig‘for so‘rasa, unga hech narsa yozmaydi. Agar istig‘for so‘ramasa, unga
o‘sha qilgan bitta gunohini yozadi”.
113. Faqih aytadi. Bu gap Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilingan: “Gunohlaridan tavba
qiluvchi kishi xuddi gunohi yo‘q kishidekdir”, hadisiga to‘g‘ri keladi.
114. Boshqa rivoyatda: “Agar banda bir gunoh qilsa, boshqa gunohni qilguncha, o‘sha
gunohni yozmaydi. Keyin boshqa gunoh qilsa, yana boshqa gunohni qilguncha
yozmaydi. Vaqtiki beshta gunoh jam bo‘lsa v bitta yaxshilik qilsa, unga beshta yaxshilik
yoziladi, undan oldin beshta gunoh qilgan bo‘lsa ham. O‘sha vaqtda shayton (unga la’nat
bo‘lsin) qichqirarkan va aytar ekan: “Odam farzandiga qanday kuchim yetsin?! Men uni
gunoh qilishga undab, kuch sarflab, harakat qilsam, bitta yaxshiligi bilan hamma
kuchimni botil qiladi”.
115. Safvon ibn Assol al-Murodiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambar (s.a.v.) rivoyat
qiladi: “Albatta, mag‘rib tomonda tavba uchun Alloh taolo bir eshik yaratdi, uning
kengligi yetmish yoki qirq yillikdir. Doim ochiq bo‘ladi, quyosh g‘arbdan chiqqan
vaqtgacha (ya’ni qiyomatgacha) yopilmaydi”.
Said ibn Musayyab deydi: “Alloh taolo kalomida aytiladi:
Dostları ilə paylaş: