Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/427
tarix20.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#145448
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   427
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan 
mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topar – 
ko‘rar”
(Niso, 110). 
Har bir mo‘min-musulmon kishi Alloh taologa kechayu kunduz tavba qilmog‘i lozim 
bo‘ladi. 
Mujohid aytdi: “Kim kechasi bo‘lganda va kunduzi bo‘lganda tavba qilmasa, u 
zolimlardan bo‘libdi. Banda uchun Alloh taologa hamma vaqt tavba va besh vaqt 
namozlarida ijtihod qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo besh vaqt namozni 
bandalarining gunohlarini poklaguvchi qildi, katta gunohlardan boshqalarini”. 
131. Alqama rivoyat qildi: Abdulloh ibn Mas’ud aytdi: “Bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.) 
kelib: “Yo Rasulalloh, bog‘da bir xotinga duch keldim, uni quchoqlab, o‘pdim, boshqa 
ishlarni ham qildim. Faqat jimo’ qilmadim”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) bir soat jim 
qoldilar, so‘ngra bu oyat tushdi: 
“Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado 
qiling! Albatta, yaxshi amallar yomonlik – gunohlarni ketkazur. Bu quloq 
tutguvchilar uchun eslatmadir!” 
(Hud, 114). Ya’ni, kunduzning ikki vaqtida Alloh 
taolo uchun namoz o‘qing, u bomdod, peshin, asr namozlaridir. Kechaning bir bo‘lagi, 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
67
ya’ni shom va xufton namozlarini Alloh taolo uchun o‘qing. “Albatta yaxshi amallar 
yomonlik – gunohlarni ketkazur”, ya’ni besh vaqt namoz bu oradagi gunohlarga, agar 
katta gunohlar bo‘lmasa, kafforat bo‘ladi. Ana shular tavba qilguvchilar uchun tavbadir. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u kishini chaqirdilar va bu oyatni o‘qib berdilar. Hazrati Umar
Alloh undan rozi bo‘lsin, so‘radi: “Yo Rasulalloh, bu oyat asosan u uchunmi yoki hamma 
insonlar uchunmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Odamlarning hammasi uchundir”. 
132. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Har bir kishi uchun ikki farishta qo‘yiladi. Ikkovi 
u bandaning amallarini yozadi, o‘ng tomon sohibi Amin chap tomon sohibidan ustundir. 
Agar banda bir yomon ishni qilsa, chap tomon farishtasi undan: “Yozaymi?” deb 
so‘raydi. O‘ng tomon farishtasi: “Beshta gunoh qilgunicha to‘xtab turgin”, derkan. 
Vaqtiki beshta gunoh qilsa, chap tomon sohibi: “Yozaymi?” deb so‘raydi, o‘ng tomon 
sohibi: “Bitta yaxshilik qilgunicha to‘xtab turgin”, deydi. Vaqtiki bitta yaxshilik qilsa, o‘ng 
tomon sohibi aytadi: “Albatta, bizga xabar keldiki, bitta yaxshilikka o‘nta yaxshilik 
yoziladi, kelgin, beshtasini beshta yaxshilik bilan o‘chiramiz va qolgan beshta yaxshiligini 
yaxshiliklariga qo‘shib yozamiz”. Shu paytda shayton qichqirib aytadi: “Qachon Odam 
farzandiga yetaman”. 
133. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir kecha xufton namozini 
o‘qiganimdan keyin Payg‘ambar (s.a.v.) oldilaridan chiqdim. Bir payt yo‘l ustida turgan, 
yuzini o‘ragan bir xotinni ko‘rdim. Aytdi: “Ey Abu Hurayra, men katta gunoh qildim, men 
tavba qilsam bo‘ladimi?” “Nima gunoh qilding?”, deb so‘radim. “Men zino qildim va 
zinodan bo‘lgan bolani o‘ldirdim”. Unga: “Halok bo‘libsan, halok qilibsan! Allohga 
qasamki, senga tavba yo‘q”, dedim. “U qattiq qichqirib, hushidan ketdi, men ketdim. 
Keyin o‘zimga o‘zim aytdimki, Rasululloh (s.a.v.) oramizda tursalar-u, men fatvo 
beraymi? Tongni ottirib ertalab Rasulallohning (s.a.v.) oldilariga kirdim. “Yo Rasulalloh, 
bir xotin mendan kecha falon-falon fatvoni so‘radi, men shunday-shunday, deb fatvo 
berdim”. Payg‘ambar (s.a.v) aytdilar: “Bizlar Allohnikimiz, albatta, Allohga 
qaytguvchimiz, sen, Allohga qasamki, ey Abu Hurayra, halok bo‘libsan va halok qilibsan!

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   427




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin