“Shoyadki Parvardigoringiz sizlarning yomonlik – gunohllaringizni o‘chirib”, ya’ni, sizlardan gunohlarni Alloh taolo o‘chiradi va “Ostidan daryolar oqib turadigan jannatga kiritur” (Tahrim, 8). Ya’ni oxiratda sizlarga tagidan suvlar oqib
turuvchi va mevali daraxtzorlardan iborat bog‘lar beradi.
124. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Albatta men Allohdan gunohimni kechirishini
so‘rayman va Allohga bir kunda yuz marta tavba qilaman!
125. Boshqa xabarda: “Ey odamlar, Allohga tavba qilinglar! Men bir kecha-kunduzda yuz
marta tavba qilaman”, dedilar.
Payg‘ambarning (s.a.v.) oldingi va keyingi gunohlari kechirilgan holda tavba qilsalar-u,
gunohi kechirilgani yoki kechirilmagani ma’lum bo‘lmagan kishilar-chi? Ular nechun Alloh
taologa har zamon tavba qilmasin! Va tilini qanday qilib doimiy istig‘for bilan mashg‘ul
qilmasin”.
Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, deydiki: «Alloh kalomida aytdi:
“Balki inson oldinda (kelgusi hayotida ham), fisq-fujur qilmoqni xohlaydi” (Qiyomat, 5), ya’ni
gunohlarini qilib kelaveradi. Tavbasini kechiktiradi. U yaqinda tavba qilaman, deydi,
hattoki yomonlik ustida o‘limini topguncha cho‘zadi, so‘ngra o‘ladi”.
126. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yaqinda tavba qilaman deb aytuvchi halok bo‘ladi.
Mo‘min kishiga to o‘lim kelgunicha, har vaqt Allohga tavba qilmog‘i lozim bo‘ladi. U o‘lim
paytida tavba qilguvchi bo‘lsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qilguvchidir. Alloh taolo
aytdi:
“U bandalaridan tavba-tazarru’ qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qiladigan ishlaringizni biladigan zotdir” (Sho‘ro, 25).
Ya’ni gunohlaridan o‘tadi, agar tavba qilsalar va qaytsalar. Tavba – gunohlariga qalbi
bilan pushaymon bo‘lmog‘i, til bilan istig‘for so‘ramoqligi va gunohlariga hech ham
qaytmaslikni ko‘ngliga tugmoqligidir.
127. Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Kimiki faqat yakka-yagona,
ulug‘ Alloh taolodan kechirim so‘rayman, deb uch marta aytsa, uning gunohlari
kechiriladi, agar dengizning ko‘piklaricha bo‘lsa ham”.
128. Abu Qaloba aytdi: “Albatta, Alloh taolo iblisni la’natlagan paytda iblis muhlat
berishni so‘radi. Alloh unga muhlat berdi. “Sening ulug‘ligingga qasamki, bandangning
qalbidan joni chiqqunicha chiqmayman”, dedi. Alloh aytdi: “Ulug‘ligimga qasamki,
bandamdan tavbani to‘smayman, toki nafasi chiqqunicha”.
Allohning rahmatini, o‘z bandalariga yumshoqligini ko‘ring! Albatta ularni, gunoh
qilganlaridan keyin ham, mo‘minlar deb atadi. Alloh taolo aytdi: