Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
XI BOB. OTA-ONANING HAQQI
140. Faqih, Abu Lays Samarqandiy, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Ibn Abbos deydiki:
“Qaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsayu ikkovlariga
yaxshilik qilib tong ottirsa, Alloh
taolo unga jannatdan ikki darvoza ochadi. Ikkovlaridan biri g‘azabli bo‘lsa, Alloh taolo
ham undan rozi bo‘lmaydi, toki u rozi bo‘lmaguncha”. So‘radi: “Agar zolim bo‘lsa-chi?”
“Agar zolim bo‘lsa ham!” Boshqa xabarda: «Ota-onaga gunohkor holatda tong ottirsa,
Alloh taolo unga do‘zaxdan ikki eshikni ochib qo‘yadi, agar bittasiga (osiylik qilsa),
bitta
(eshik ochadi)», deyilgan.
Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, Atodan rivoyat qiladi: Muso alayhissalom aytdi: “Ey
Rabbim, menga buyurgin!” Alloh aytdi: “Seni o‘zimga bo‘ysunishga buyurgayman!”
Aytdi: “Yana buyurgin!” “Onangga yaxshilik qilishga buyurgayman!” Aytdi: “Yana
buyurgin!” “Onangga yaxshilik qilishga buyurgayman!” Aytdi: “Vasiyat qilgin!” Alloh
aytdi: “Onangga vasiyat qilaman!” Aytdi: “Vasiyat qilgin!” Alloh taolo aytdi: “Otangga
vasiyat qilaman!”
141. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilindi: “Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bir kishi
keldi va “Men jihodni xohlayman!” dedi. Payg‘ambar: “Ota-onang tirikmi?” deb
so‘radilar. “Ha tirik”, dedi. “Bas, ikkovlarining xizmatlarida bo‘lgin, shu jihod bo‘ladi!”
dedilar.
Bu xabarda Alloh yo‘lida jihod qilishlikdan ota-onaga yaxshilik qilish
afzal ekanligiga dalil
bordir. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) jihodni tark qilib, ota-onaga yaxshilik qilish bilan
shug‘ullanishni buyurdilar. Shuningdek, aytamizki, albatta kishiga Alloh yo‘lida
jihod
qilish joiz bo‘lmaydi, agar ota-onasi ruxsat bermasa, modomiki, butun qavm hammasi
urushga chaqirilgan bo‘lsa, shunda ham ota-onaga itoat qilishlik g‘azotga
chiqishdan
afzal bo‘ladi”.
142. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. Aytdilarki: “Yo Rasululloh! Kimga yaxshilik
qilayin?” Aytdilar: “Onangga!” “Keyin-chi?” “Onangga!” “Keyin kimga?” “Onangga!”
Aytdim: “Keyin kimga?” Aytdilar: “Otangga, keyin yaqin qarindoshlaringga” dedilar.
143. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Agar Allohning ilmida ota-onaga “uf” deyishdan
ham ko‘ra hurmatsizlik bo‘lganida edi. Alloh o‘shandan qaytargan bo‘lardi. Ota-onaga oq
bo‘lgan
kimsa xohlaganicha amal qilsin, zinhor jannatga kirmaydi. Ota-onaga yaxshilik
qilgan odam xohlagancha amal qilsin, hech ham do‘zaxga kirmaydi.
Faqih, rahmatullohi alayhi, aytadi: Agar Alloh taolo ota-onaning
huquqini kitobida zikr
qilmaganida va ikkoviga yaxshilik qilishni vasiyat etmaganida edi, aql bilan ham ota-
onaning haq-huquqini hurmat qilish vojib ekanligi bilinar edi! Oqil farzandga ota-onaning
huquqini tanimoqlik vojibdir.
Alloh taolo hamma kitoblarida, Tavrotda, Injilda, Zaburda
va Qur’oni Karimda bu narsani zikr qildi va barcha payg‘ambarlarga vahiy keldi. Ularni
ota-ona huquq va haqlarini bilishlikka buyurdi. Alloh o‘zining rizovi ota-onaning rizosida
va o‘zining g‘azabi ota-onaning g‘azabida ekanligini bildirdi.
Va aytildi: Uchta oyat uchta narsa bilan birga tushdi. Ulardan birontasini ikkinchisisiz
Alloh qabul qilmaydi.
Allohning so‘zi: