Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
payg‘ambar buyrug‘ini bajarmadinglar. Mana shu ishlar sabab bo‘lib, kelgan nusrat 
sizlardan qaytib ketdi. Yo‘q ersa, sizlarning eng suygan narsalaring dushmanga zafar 
topishni Xudo ko‘rsatgan edi. Buning shartlarini o‘zinglar buzdinglar, so‘ngra bu ulug‘ 
ne’matdin ajradinglar. Sizlardin ba’zilaring oxirat izlaguvchilardur. Yana ba’zilaring 
dunyo talab qilguvchilardur. Birinchilari esa Xudo roziligi uchun to o‘lgunlaricha o‘rinlarini 
bermay shahid bo‘ldilar, ikkinchilari bo‘lsa, o‘lja mol olishga qiziqib, boshliq buyrug‘ini 
buzdilar. Mana sizlardin shu sabablar sodir bo‘lgach, kofirlarni o‘ldirishdan to‘xtab, 
nusrat ularga og‘di. So‘ngra sizlarni kofirlar o‘ldirgali turdi. Ishning bundoq bo‘lganligi 
esa, Alloh taolo sinamoqchi edikim, bu holda mo‘minlar qandoq sabr qilgaylar. Yana ham 
Alloh mo‘minlarga mehribondur, chunki sizlarning bu gunohlaringni kechirdi. Allohning 
fazli karami mo‘minlargadur», demakdur. 
Alloh taoloning mo‘minlarga mehribonligi shuldurkim, bu urushda qilgan gunohlarini afv 
qildi. Yana ularni kofirlarning qilgan qasdidan o‘zi saqladi. Yo‘q esa, ularning maqsadi 
urushga chiqqan musulmonlarni qoldirmay o‘ldirib, qolgan mol-dunyolar, xotun-bolalarni 
o‘lja-asir qilmoqchi edilar. Bu ishning payti ham kelgan edi. Lekin Alloh taolo buni 
xohlamadi. Payg‘ambarimizning hurmatlaridan gunohlari bag‘ishlanib, xatolari kechirildi. 
Endi musulmonlarga bu voqeadin chiqqan ibrat shuldurkim, urush kunlarida o‘zaro ixtilof 
qilib bo‘linmagaylar. Urush safida eng keraklik, zarur ish ersa, askarning birlik, 
ittifoqligidur. 
Ikkinchi, mo‘minlar hech vaqt o‘limdan qo‘rqmagaylar, urushda o‘lib, shahodat topgan 
mo‘minlar Allohning eng aziz mehmonlaridur. Bu urush maydonlarida sabr qilgaylarkim, 
bu o‘rinda bahodirlik, qo‘rqmaslik kerakdur. Chunki qo‘rqoqlik tuganmas xo‘rlik kelturur. 
Botirlik uzilmas davlatga yetkirur. Qo‘rqoq o‘g‘illar ota-bobolarining hurmat-
sharaflaridan ayrilib, doimiy qullikda qolgaylar. O‘z vatanida, o‘z uyida turug‘lik musofir 
g‘arib bo‘lgaylar. Eng oxiri dushmanlar qo‘lida xoru zorlikda yurib o‘lgaylar. 
Uchinchi shart shulki, urush kunlarida boshliqlariga qattiq bo‘yinsungaylar. Boshlar 
kesilib, qonlar to‘kilur ersa, dag‘i (yana) ularning buyrug‘ini buzmagaylar. Yuqorida 
aytilgan oyatning xulosa ma’nosi ham shuldur. Alloh taolo Uhud shahidlarining 
hurmatidan bizning gunohlarimizni ham, vatanlarimizga yo‘l berib, dushmanlarimizga 
oyoqosti qildirgan o‘tmishdagi bobolarimizning gunohlarini ham kechirsin. Dunyolik, 
oxiratlik barcha ishlarimizni so‘ngi kunlarda o‘zi o‘nglasin. Omin! 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin