UHUD G‘AZOTI Uhud tog‘i Madinaga yaqin, sakkiz chaqirimlik yerdadur. Bu urush shu tog‘ning oldida
bo‘lganlikdan, «Uhud g‘azoti» deb aytiladi. Urush boshlanishi shundoq erdikim, bundan
bir yarim yil ilgari bo‘lib o‘tgan Badr urushida quraysh mushriklari qattiq yengildilar.
Alardin bir munchalari shu urushda o‘ldirildi. Va bir qanchalari asir olinib, bosh bahosi
yo‘llab qutuldilar. Quraysh xalqining tirikchilik turmushlari savdo-sotiq ishlariga
bog‘lanmish edi. Qish kunlarida Yaman viloyatiga, yoz kunlarida Shom mamlakati
(Suriya)ga savdo karvonlari bilan qatnashur edilar. Yo‘llari Madina ustidan o‘tganlikdin,