Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
Buni anglagach, barchalariga bu maslahat ma’qul tushdi. Mundoq xayrixohlik qilgani 
uchun u kishiga ko‘p tashakkur qildilar 
Shu bilan bular ichiga shundoq qo‘zg‘olon solib qo‘yib, sekingina yashirincha Abu Sufyon 
qoshiga keldi. Qarasa, bir qancha askar boshliqlari bilan o‘ltiribdur ekan. Hammalari 
xush kelding, deb qarshi oldilar. So‘ngra alarga qarab: 
— Ey Quraysh xalqi, sizlarga menim qandoq do‘stligim borligini yaxshi bilursiz, 
yomonlikdin Xudo saqlasin, yaxshilikka tilakdoshdurmiz. Bir shum xabar anglab, sizlarga 
do‘stlik yuzasidan eshittirib qo‘ygali keldim. O‘zingizga ma’lumdurki, yahud qavmining 
qilg‘on va’dasida vafo yo‘qdur. Alar o‘z qilg‘on ishlari — Muhammad bilan o‘rtalarida 
tuzilgan ahdlarini buzg‘onlariga endi o‘kinishibdur. Bu to‘g‘rida orag‘a kishi qo‘yib 
Muhammad bilan qaytadan kelishibdurlar. Uni o‘zlaridin rozi qilmoq uchun Quraysh va 
G‘atafon raislaridan yetmish kishini Muhammadga tutib bermoqchi bo‘lishibdur. Buning 
evaziga Muhammad ham o‘tgan yillar haydalgan yahud qabilalarini o‘z joylariga 
qaytarmoqchi bo‘lubdir. Mana ish shu holga yetibdur. Endigi maslahat shuldurki, agar 
yahudlar biror turlik bahona bilan sizlardin kishi so‘rab qolur bo‘lsalar, zinhor beruvchi 
bo‘lmanglar. Menim bilishimcha, endi alarg‘a ishonib bo‘lmaydur. Har holda qattiq 
saqlanish kerak, bu sirni boshqalar anglashib qolmasun, — dedi. 
Shuning bilan Quraysh qabilasi ichiga ham g‘ul-g‘ula tushdi. So‘ngra bulardin chiqib, 
G‘atafon qabilasiga keldi. Va: 
— Ey G‘atafon qavmi, boshqa qabilalardin sizlarning qarindoshchiligingiz menga 
yaqindur, boshqalardin ko‘ra so‘zim sizlarga ishonchli bo‘lur, deb o‘ylayman, — dedi. 
Alar ham: 
— To‘g‘ri aytursan, sen aytg‘on so‘zdan hech vaqt xilof chiqmagan, ishonchlik kishi 
erursan, — dedilar. 
Bularga ham yuqoridagi so‘zlarni aytib, ko‘ngillariga tashvish soldi. Uning bu qilgan 
tadbiri bilan dushman ichi ola-bula bo‘ldi. 
Shundoqki, ertasi shanba oqshomi Quraysh raisi Abu Sufyon G‘atfon qabilasining 
boshliqlari bilan kengashgandan so‘ngra Abu Jahl o‘g‘li Ikrimani Bani Qurayza 
yahudlariga yuborib: 
— Urush maydoni esa, turish joyi emasdur. Bu ishimiz bo‘lsa uzoqqa cho‘zilgani turdi, 
ot-hayvonlarimiz ozib-oriqlab, oziq-ovqatimiz ham kamayib qoldi. Endi bu joyda shundin 
uzunroq turishni vaqtimiz ko‘tarmas, tayyorlik ko‘rib turinglar, shanba kuni erta bilan 
hujum boshlaymiz, — dedi. 
Buni anglagach, alar: 
— Biz yahud xalqi shanba kuni har qandoq zarur bo‘lsa ham ish qilmag‘aymiz, bu 
kunning hurmatini saqlamoq bizlarga farzdir. Muning hurmatini buzg‘on kishilar qattiq 
azobga qoladilar. Bu bo‘lsa sizlarga ham ma’lumdir. Yana shulki, bu urushda maqsadga 
yetish uchun eng so‘ngi g‘alabani qozongunchalik barchamiz birlikda bo‘lishimiz kerak. 
Agar bu urushimiz uzoqqa cho‘zilar ekan, Muhammadga bizni yolg‘iz qoldirib ketib 
qolishlaringizdan qo‘rqamiz. Shuning uchun yetmish kishi kelib, bizning ichimizda 
tursinlar, ko‘nglimiz to‘q bo‘lsin, biz urushga tayyormiz, — dedi. 
Abu Sufyon boshliq kengash bu so‘zni anglagach: 
— Nuaym ibn Mas’ud aytqon so‘z to‘g‘ri ekan. Ular Muhammad bilan o‘zaro kelishganga 
o‘xshaydi, — deb bir-birlariga ishonishmay, ittifoqlari bo‘shashdi. 
Buning ustiga Alloh taolo tarafidan yordam yetib, kun chiqish tomonidan qattiq shamol 
turib, bo‘ron boshlandi. Bo‘ron o‘tlarni o‘chirib, chodirlarni uchirib ketdi, qaynab turgan 
qozonlarni ag‘darib tashladi, tosh-kesaklarni uchirib, idish-tovoqlarni sindirdi. Bo‘ron 
boshlanishi bilan suv muzlaydigan darajada sovuq ham boshlandi. Kechasi shunday 
qorong‘ulik bo‘ldikim, hech kim yonidagi yo‘ldoshi kim ekanini bilolmas edi. O‘t yoqib 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin