Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

MU’TA G‘AZOTI 
Buning sababi ersa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom viloyatidagi Busro 
shahrining hokimi Horis ibn Abu Shumurga noma yozdilar. Bu kishi ersa, Shom podshosi 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
219
Qaysar tarafidan qo‘yilgan Shom o‘lkasining amiri edi. Bunga yozgan nomani Rasululloh 
sahobalardan Horis ibn Umayga topshirdilar. U nomani Umay olib yo‘lga tushdi. Rumga 
qarashlik Mu’ta degan joyga kelganda Shurahbil ibn Amr degan G‘asson qabilasining 
raisi u kishiga yo‘liqib qoldi. Uni ko‘rgach:  
— Kim bo‘lursan, qayon borursan? — deb so‘radi.  
Ul:  
— Shomga borurman, — deb javob berdi.  
Anda ul aytdi:  
— Qurayshdan chiqqan, payg‘ambarlik da’vosini qilgan Muhammad elchisi 
bo‘lmag‘aysan? — dedi.  
— To‘g‘ri aytding, shu kishining Busro hokimiga yuborgan elchisi erurman, — dedi Horis 
ibn Umay. 
Bu so‘zni anglashi bilan askariga buyurib, qo‘l-oyog‘ini bog‘ladilar. Elchiga o‘lim yo‘q edi, 
shundoq bo‘lsa ham bu kishini o‘ldirib, shahid qildilar. Har tomonga yuborilgan 
Rasululloh elchilaridan bundan boshqa hech kishi o‘ldirilmadi. Bu xabarni anglab, 
Rasululloh g‘amgin bo‘ldilar. Ularga jihod qilish uchun askar yig‘ilsin, deb buyurdilar. Uch 
mingdan ortiq askar yig‘ilmish edi. Asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisani ularga amir 
qildilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Agar Zayd shahid bo‘lsa, uning o‘rniga Ja’far ibn Abu Tolib amir bo‘lsin. Agar u ham 
shahid bo‘lsa, o‘rniga Abdulloh ibn Ravoha qo‘yilsin. Agar unga ham o‘lim musibati 
yetsa, askarlar o‘rtalaridan xohlagan kishini askarboshi qilib saylab olsinlar, — dedilar. 
Shu bilan Rasululloh boshliq hamma sahobalar askarni uzatgali yo‘lga chiqishdi. 
Boshliqlari bilan xalq ko‘rishib, ularning zafarlari uchun duo qildilar. Shu chog‘da 
uchinchi amir Abdulloh ibn Ravoha yig‘lagani turdi. Buning sababi nimadur, deb andin 
so‘radilar. Anda ul aytdi: «Alloh taolo oti bilan ont qilurman, dunYo tirikligiga qiziqish 
mening ko‘nglimda yo‘qdur. YOki el-yurtimdan ajraganim uchun yig‘lasam, bu ish men 
uchun ulug‘ nomusdir. Buning sababi ersa, bir kuni Rasululloh ushbu oyatni o‘qidilar: 
«Va in minkum illa variduha kana ala robbika hatmam maqdiyya». Ma’nosi: «Qiyomat 
kunida Sirot ko‘prigiga tushmagan va undan o‘tmagan hech kim yo‘qdur. Buning ustidan 
o‘tkazishni Alloh taolo o‘ziga lozim qilmishdur». Shu oyat esimga tushdi. Men 
bilmasman, u joyga kirganimdan so‘ngra, undan salomat chiqmog‘im qanday bo‘lgay, 
shu uchun yig‘ladim». 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu askarlarni uzatib Saniyyatul Vado’ 
degan joyga yetganda to‘xtadilar. Anda askar amirlariga qarab:  
— Sizlarga eng so‘nggi qilar vasiyatim shuldurki, har ishda Alloh amrini bek ushlanglar, 
din yo‘lida taqvolik bo‘linglar, askar haqida mehribonlik qilinglar, qilgan g‘azotinglar 
Xudo uchun bo‘lsin. Rizqni Allohdan yeb turib, har turli noz-ne’matlarni undan ko‘raturib, 
yana andin yuz o‘girgan kofirlarga qarshi urushinglar. Lekin hech ishda xiyonat 
qilmanglar, o‘lja tushgan mollardan yashirincha olmanglar, urush kunlarida dushman 
yerlarida ularning yosh bolalarini, xotunlarini, qari kishilarini, xalqqa aralashmay o‘z 
dinida ibodat qilib yotgan so‘fiylarni o‘ldiruvchi bo‘lmanglar. Zarurat bo‘lmagan holda uy-
imoratlarini buzmanglar, bog‘u bo‘stonlaridagi yemishlik daraxtlarni kesmanglar. Menim 
vasiyatim shuldur, — dedilar. 
Shuning bilan askarlar Payg‘ambarimiz bilan vidolashib, Madinadan Shom viloyatiga 
qarab jo‘nadilar. Besh kun yurib, Vodil Quro degan joyga yetganlarida angladilarkim, 
Rasulullohning noma ko‘targan elchisini o‘ldirgan Shurahbil ibn Amr nurg‘un askar 
tayyor qilmishdur. Va bu xabarning ustiga dushmanning ellik kishilik orovul firqasi Islom 
askarining orovul bo‘lugi bilan to‘qnashib qoldilar. 
Dushman orovul boshlig‘i yuqorigi elchi o‘ldirgan Shurahbilning ukasi Sadus ibn Amr edi. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin