Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
Ikkinchisi, dushmanlarimiz bizdan yengilib qochdilar, lekin bularni orqalaridan quvlashga 
ruxsat bermadim. Chunki dushman hiyla qilib yolg‘ondan qochgan bo‘lsa, bir yerga 
qo‘ygan buqtirma (pistirma) askari bo‘lib qolib, yana quvlagan kishilarga ziyon yetib 
qolmasin, deb o‘yladim. Ammo ihtilom bo‘lib qolganimda havo sovug‘idan qo‘rqib suvga 
tushmaganim to‘g‘ridur. G‘usl qilmasdan tayammum bilan namozga imom bo‘ldim, 
chunki Qur’onda Alloh aytmishdur: «Ey mo’minlar, o‘zinglarni halok qilg‘udek ishni 
qilmanglar, chunki Alloh taolo sizlarga bek mehribondur». Alloh shunday degach, 
o‘zimga ziyon bo‘lgudek ishni qilmadim, — dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning keyingi so‘ziga kulib qo‘ydilar. Lekin 
oldingi aytgan so‘zlarini to‘g‘ri topib:  
— Yaxshi qilibsan, — dedilar.  
ALXABAT G‘AZOTI 
Tarixi hijratning sakkizinchi yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch yuzdan ortiqroq 
bir bo‘luk askarga Abu Ubayda ibn Jarrohni boshchi qilib Madinadan besh kunlik 
uzoqlikdagi Qizil dengiz bo‘yidagi Juhayna qabilasiga yubordilar. Shu yili yomg‘ir yetarlik 
yog‘maganidan xalq ichida qahatchilik ham bor edi. Askar ozug‘i uchun yegulik bir necha 
sanoch (xalta) Madina xurmosidan boshqa ortiqcha narsa topmadilar. Borgan joylarida 
yo‘l to‘sib uzunroq turib qolishga to‘g‘ri keldi. 
Madinadan olgan ozuqlarini yeb tugatdilar. Eng keyin shu holga yetishdilarkim, 
boshchilari Abu Ubayda askarga xurmoni bir donadan ulashur edi. Buni ham yeyishib 
tugatgandan so‘ngra, hech narsa qolmagach, ochlikka chidayolmay samur daraxti 
(xabatni) yaprog‘ini yedilar. Shunday qiyinchilikka qolishgan chog‘da dengiz to‘lqini bir 
ulug‘ baliqni chetga chiqarib tashladi. Uch yuzdan ortiq askar, yigirma kunga yaqin shu 
baliqni yeyishdilar. Kundan-kunga quvvatlanib, tanlari sog‘lom bo‘ldi. Go‘shtni yeyishib, 
yog‘i bilan badanlarni moyladilar. 
Bu baliqning kattaligi shundaykim, buning ko‘zi ichiga oqib yig‘ilgan yog‘ni katta kosalar 
bilan quduqdan suv olgandek olishar edi. Abu Ubayda buyurdikim, aning bir dona 
qovurg‘asini olib yerga yotqizinglar. So‘ngra tuya mingan bir novcha kishi shuning 
egilgan joyidan engashmasdan o‘tib ketdi. Bu safarda yo‘l to‘sib qanchalik ko‘p tursalar 
ham, dushmanga yo‘liqishmadilar. So‘ngra Rasulullohning ruxsatlari bilan Madinaga 
qaytdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam baliq voqeasini eshitgach: «Bu baliqni 
sizlarga rizq qilib Alloh taolo dengizdan chiqarmishdur. Andin biror bo‘lagini keltirgan 
bo‘lsanglar, menga ham yediringlar, deb so‘radilar. 
Askar ichida o‘shal baliqdan saqlagan kishilar bor edi, darhol uni keltirib berdilar. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin