Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
262
— Qachon Muhammad tog‘ tepasiga chiqdi ersa, dovonning eng uchma yeriga kelganida 
uni ushlab, tog‘dan qulatib yuboraylik. Tun qorong‘usida bu ishni bajarmoq biz uchun 
bek qulaydur. Yana bizdan hech kim gumon qilmaydi, — deyishib o‘zaro qattiq ahd 
qilishdilar. 
Lekin bu xiyonatlari vahiy orqali Rasulullohga ma’lum bo‘lib qoldi. Kun issig‘idan 
saqlanib, o‘zlari bir nechagina sahobalar bilan kecha salqinida dovon oshmoqchi 
bo‘ldilar. Boshqa ko‘pchilik askarlarni esa, tog‘ tagidagi keng yo‘l bilan yurishga 
buyurdilar. 
Ulug‘ sahobalardan Ammor ibn YOsir, Huzayfa ibn Yamonlar ersa, doim Rasululloh bilan 
birga edilar. Mingan tuyalarini shu kechasi birovlari haydab, birovlari yetakladilar. Ul 
kechalari oy qorong‘usi bo‘lganlikdan kishi o‘z qo‘lini ham ko‘rolmas edi. U munofiqlar 
esa Xudo xohlamagan ishni qilmoqchi bo‘lishib, askar yo‘lidan yurishmay Rasululloh 
ketidan bular ham dovon yo‘liga yurishdi. O‘zlarini tanitmaslik uchun qorong‘ulik ustiga 
yana o‘zlarini o‘rab olishgan edi. Mo‘ljal joyga yaqin kelganda, yomon niyat bilan 
birdaniga ot qo‘yishdi. Rasululloh bundan xabardor edilar. 
— Darhol bularning oldini to‘sgil, yaqin keltirmagil, — deb Huzayfaga buyurdilar. 
Huzayfa qo‘liga qamchi olib, kelayotganlarning ot-ulovlarini bosh-ko‘ziga qaramay 
savalashga turdi. Lekin ularning kim ekanliklarini taniyolmadi. Huzayfani ko‘rishlari bilan 
qo‘rqib orqaga chekindilar. Sir ochilib qolmagay deyishib ko‘ngillariga qo‘rqinch tushdi. 
Kecha qorong‘uligidan foydalanib ildamlik bilan ko‘pchilik askar ichiga aralashib oldilar. 
Bu ishni Rasulullohdan o‘zga hech kim bilmadi. So‘ngra Hazrati Huzayfa Rasululloh 
oldilariga kelgach: 
— Yo Rasulalloh, kecha qorong‘usida bosh-ko‘zlari o‘ralgan bir to‘p kishining qorasi 
ko‘rindi, o‘zlarini taniyolmadim. Bir-ikki kishining tuyasini o‘xshatdim,— dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Menga vahiy kelib, ularni bildirdi. Bular ersa faloniy, faloniy, — deb o‘n ikki kishini 
sanadilar. — Ular meni tog‘dan tashlab o‘ldirishga qasd qilgan edilar. Alloh meni asrab, 
maqsadlariga erisholmadilar, ikkovingizdan boshqa kishi bu sirni bilmasun, — dedilar. 
— Andog‘ ersa, bularning boshini kesaylik, ruxsat qiling, Yo Rasulalloh, — degan edilar, 
rozi bo‘lmadilar. 
Subhonalloh, ey rabbim Alloh, bu nima sirdur? Yuqorida o‘tgan shu qadar ulug‘ 
mo’jizalarini Rasulullohdan ko‘rishgan bo‘lsalar ham, bularning kufr qorong‘uligi 
qoplagan qora toshdek ko‘ngillariga qilchalik ta’sir qilmagan ekan. Shuning uchun 
Payg‘ambarimiz quyidagi duoni o‘qib yurishga buyurdilar: 
«Yo muqallibal qulubi, sabbit qulubano alo dinika». Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo, dilimizni 
islom dini uzra to‘xtatgil. Shu dinda o‘laylik, shu dinda tirilaylik». Omin. 
Bundoq ishlarning tubiga inson aqli yetishdan ojizdur. Buning sirini Allohdan o‘zga kim 
bilur? 
Shu bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha kun yo‘l yurib, qo‘nalg‘udan 
qo‘nalg‘uga o‘tib, Madina yaqinidagi Zuovon degan joyga kelib tushdilar. Buning bilan 
Madina oralig‘i biror soatlik yo‘l edi. Shu yerga kelganlarida Ziror masjidining 
qavmlaridan bir necha boshliqlari kelishib, Rasululloh bilan ko‘rishdilar. 
Bu masjid ersa, munofiqlar tarafidan yasalmish edi. Ularning maqsadlari shu masjidda 
yolg‘ondan namoz o‘qish bahonasi bilan yig‘ilishib, Islomga qarshi harakatda bo‘lish edi. 
Tabuk safariga chiqar oldida shu masjid jamoatidan uch-to‘rt kishi kelishib: 
— Yo Rasulalloh, yog‘in-chochin kunlarda qari-qartang kishilarimiz kela olmas ekanlar. 
Shuning uchun yangidan bir masjid yasab bitkazib oldik. «Bayt karam» qilib bersangiz, 
masjid ichra kirib, Xudodan yaxshilik tilab, namoz o‘qib bersangiz, — degan edilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safardan qaytishlarida kirib o‘tmakka va’da bergan 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin