Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
267
o‘ldurmakka buyurilmishdir. Mana shuning uchun bu sura boshida «Bismillah» 
aytilmaydi. Boshqa suralardek boshiga «Bismillah»ni yozib, tilovat qilganlarida uni 
qo‘shib o‘qimaydilar. Agar «Bismilloh»ni bu suraga qo‘shib boshlasalar, buning misoli, 
podsho bir kishini «Men senga ko‘p mehribonman, rahmlikman», deb turib, ketidan uni 
o‘limga buyurganga o‘xshaydi. Bu esa hech kimga kelishmagan ishdur. 
Shuning uchun g‘oziylar qilich chopganlarida «Allohu akbar» sadosi bilan so‘qish 
maydoniga kiradilar. Mol so‘ygan-da esa «Bismilloh, Allohu akbar» deb bo‘g‘izlaydilar. 
Chunki bu joyda «Rohmanir rohiym» deyishning o‘rni emasdur. Balki qahr-g‘azab o‘rni 
bo‘lib, shunga loyiq «Allohu akbar» demak lozimdur. 
Tavba surasi Hazrati Abu Bakr Siddiq Makkaga ketgandan so‘ngra nozil bo‘ldi. Bu 
suraning kelganidan, undagi hukmlarning qandayligidan u kishining xabari yo‘q edi. 
Ammo bu surada kelgan Alloh amrini Arabiston xalqiga anglatish lozim edi. Shuning 
uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ishni bajarishga Hazrati Alini Abu Bakr 
Siddiq ortidan yubordilar. Unga qo‘shilib Makkaga borgach, xalq Arafotdan qaytib Mino 
tog‘iga yig‘ilishgan kuni Tavba, surasini o‘qib hajga kelgan barcha mushriklarga mundagi 
hukmni anglatmog‘i lozim endi. 
Shu bilan Hazrati Ali bu amrni olib, Makka sari yo‘lga tushdi. Rasululloh o‘zlari minadigan 
tuyaga uni mindirgan edilar. Hazrati Ali shu yurganicha Makkaga yaqin Arj degan joyga 
kelganida, Hazrati Abu Bakr Siddiqqa yetib keldi. Anda Abu Bakr Siddiq hayronlikdan: 
— Menim ustimga amir qilib yubordilarmi? — deb so‘radilar. 
Hazrati Ali: 
— Yo‘q, amir bo‘lib kelmadim, balki siz bilan birgalashib Tavba surasida kelgan oyatlarini 
o‘qib, uning hukmini hajga yig‘ilgan butun mushriklarga anglatgali keldim, — dedi. 
Hazrati Abu Bakr Siddiq nazorati ostida haj amallari o‘tkazildi. 
Qurbon bayramining birinchi kunida butun xalq Mino tog‘iga yig‘ildilar. Shu chog‘da 
Hazrati Ali shaytonga tosh otadigan joyga kelib, qalin xalq ichida Tavba surasi boshidan 
o‘n uch oyatni tovushining boricha qichqirib o‘qidi. Muning hukmini shu yerdagi xalqqa 
anglatdi. Yana sahobalar bir necha kishilar xalq ichida aylanishib yurib, Rasulullohning 
buyruqlarini jarladilar: 
— Bu yildan boshlab kofirlar haj qila olmagaylar. Musulmon bo‘lmagan kishilarning hajga 
kelmoqlari yasoq (bekor)dir. 
Shundin so‘ngra johiliyat odatlaricha Baytullohni yalang‘och tavof qilish yo‘qdur. 
Rasululloh bilan qaysi qabila ahdnoma tuzgan bo‘lsa, shundagi shartlar albatta 
saqlang‘usidur. Ahdini buzgan qabilalarga to‘rt oy o‘tguncha ruxsatdur. Qayerda yursalar 
to‘sqinlik yo‘qdur. Musulmonlardan hech kimarsa alarga tegmagay. Bu muddat 
o‘tganchalik Islomga kirmasalar, ularning mollariga, jonlariga omonlik yo‘qdur. Bundan 
keyin Haram masjidiga musulmonlardan boshqa hech bir kishi kira olmag‘ay. Iymon 
keltirmagan kofirlarga jannat yuzi haromdur. 
Mana shu yorliqni aytib Hazrati Ali, Hazrati Abu Hurayra butun xalqni oralab yurib, jar 
chaqirdilar. Buni anglagan arab mushriklari Hazrati Aliga qarab: 
— Sizlar bilan bizning oramiz ajradi, qilich-nayzadan boshqa ish qolmadi, — deb 
tarqashdilar. 
Haj kunlari o‘tgandan so‘ngra Hazrati Abu Bakr Siddiq, Hazrati Ali va boshqa sahobalar 
Madinaga salomat keldilar. 
Shu yilning zulqa’da oyida madinalik munofiqlar raisi Abdulloh ibn Ubay o‘ldi. Bu ersa 
shu yerlik Xazraj qabilasining bosh raisi edi. Rasululloh Madinaga kelmasdan ilgari yerlik 
xalq bu kishini o‘zlariga podsho qilib ko‘tarmoqchi bo‘lib ittifoq qilishgan edi. Shu orada 
Islom voqeasi qo‘zg‘alib, Rasululloh Madinaga hijrat qilib keldilar. Buning ishi to‘xtalib, 
xalq ko‘nglidan ko‘tarildi. Unga atab tayyorlashgan toj-taxtlari bekor qoldi. Mana shu 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin