Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


YIGIRMA TO‘RTINCHI MO’JIZA



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə394/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

YIGIRMA TO‘RTINCHI MO’JIZA 
Imom Buxoriy va imom Muslim «Sahih» kitoblarida shundog‘ keltiribdur: 
«Rasululloh g‘azot uchun bir safarga chiqdilar. Yurgan yo‘llari cho‘l bo‘lib, suvsizlikdan 
butun askar chanqoqlikda qoldi. Anda Rasululloh Hazrati Ali, Hazrati Zubayr ikkovlariga 
buyurdilar: 
— Falon joyga boringlar. Yo‘lda tuya mingan bir xotun sizlarga yo‘liqqay. Ortingan ikki 
sanoch suvi bor, shuni keltiringlar. 
Shundoq deb ul zot g‘aybdan xabar berdilar. 
Bu ikkovlari chopganlaricha shu joyga borsalar, Rasululloh deganlaridek, ikki sanoch suv 
ortgan tuyalik xotunga yo‘liqishdi. Uni Rasulullohga keltirdilar ersa, u suvdan bir idishga 
ozroq to‘kib muborak qo‘llarini unga solishlari bilan barmoq oralaridan buluqlab suv 
qaynab chiqqani turdi. Chanqab turgan butun askar ot-ulovlari bilan bu suvdan ichib 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
328
qondilar. Ul xotun ersa bunga hayron bo‘lib qarab turdi. Butun askar borliq idishlarini 
shu suvdan to‘ldirib oldilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotunni 
xursand qilish uchun askardan bir muncha oziq-ovqat yig‘dirib berib: 
— Endi borgil, biz sening suvingdan ichmadik. Alloh o‘z suvidan bizni qondirdi. 
Shu bilan bu xotun Rasululloh oldidan chiqib o‘z yeriga keldi. Anda ul xotundan qavmi: 
— Nechuk kech qolding? — deb so‘radilar. 
Ul xotun: 
— Bu kelishimda ajab bir qiziq ishga yo‘liqdim. Yo‘lda kelayotganimda qarshimdan ikki 
kishi chiqib, meni qo‘ymay bir odam qoshiga eltdilar. U ersa yangi bir din keltirgan odam 
emishdur. Ko‘z oldimda shunday-shunday ishlarni qildi. Bu kishi o‘tkir sehrchi bo‘lishi 
kerak yoki o‘zi aytgandek, Allohning payg‘ambaridur. 
So‘ngra shu xotun so‘zi sabab bo‘lib, Rasululloh bilan ko‘rishmasdanoq barchalari iymon 
keltirishdi». 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin