Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


YIGIRMA SAKKIZINCHI MO’JIZA



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə399/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

YIGIRMA SAKKIZINCHI MO’JIZA 
Hazrati Salmon Forsiy Islom davridan ilgari haq din izlab, o‘z vatani Eronni tashlab 
chiqqan edi. U vaqtda Eron xalqi otashparast edi. Erondan chiqib Rum viloyatiga keldi. 
Bu ersa butun nasoro diniga markaz sanalur edi. Bu yerga kelgach, shu dinni qabul qilib, 
muning asosini o‘rganmish edi. U bir ulug‘ rohib (din boshlig‘i) xizmatiga kirdi. Muning 
xizmatida bir necha yil turdi, so‘ngra rohib vafot etdi. O‘lar chog‘ida Hazrati Salmonni 
yana bir rohibga topshirib, anga xizmat qilmoqqa vasiyat qildi. 
Muning xizmatida ham bir necha yillab turdi. So‘ngra buni ham ajali yaqinlashib o‘lim 
to‘shagida yotdi ersa, undan Salmon Forsiy vasiyat talab qilib: 
— Sizdan keyin kimning xizmatida bo‘lg‘ayman? — dedi. 
— Falon rohibning xizmatida bo‘lg‘aysan, — deb uchinchi bir rohibning suhbatini 
topmoqqa ul buyurdi. 
Shunday qilib, buning xizmatida ham bir necha yil yurdi. O‘shal davrda Tavrot, Injil 
o‘qigan ulamolar ichida bundan olimroq kishi yo‘q edi. Muni ham ajali yetib, o‘limga 
tayyor bo‘ldi. 
Anda Hazrati Salmon: 
— Ey ustoz, vasiyat qiling, sizdan keyin kimning suhbatida bo‘lg‘ayman? 
Anda ul rohib: 
— Ey Salmon, shuni bilgilkim, endi butun yer ustida suhbatidan senga yaxshilik 
yetgudek hech kim qolmadi. Barcha olam xalqi haq yo‘ldan adashdilar. Shu kunda ersa, 
haq dinni tutguvchi bir kishi ham yo‘qdur. Lekin oxirzamon payg‘ambarining chiqar vaqti 
yaqinlashdi. U ersa, Makkada tug‘ilur, dushmanlari uni vatanidan chiqargaylar. Qalin 
xurmozorlik ikki toshloq orasidagi bir shaharga hijrat qilib kelgay. Uning alomati 
shulkim, ikki yelkasining orasida payg‘ambarlik muhri bordur. Hadya keltirur bo‘lsang 
qabul qilur, sadaqa, zakot mollaridan o‘zi yemagay. Ularni yig‘ib, faqir-miskin, 
muhtojlarga bergay. Endi menim senga nasihatim, men o‘lgandan keyin o‘shal 
payg‘ambarni topib uning xizmatida bo‘lgil. 
Bu so‘zni anglagach, Salmon Forsiy Arabistonga safar qildi. Yo‘lda arab avboshlariga 
uchrab qolib, ani qul qilib asir oldilar. So‘ngra yordamchisi yo‘q yolg‘iz kishi 
bo‘lganligidan uni qul qilib sotib yubordilar. Qo‘ldan-qo‘lga sotilib yurib, oxirida madinalik 
bir yahudiyga sotildi. Shu orada Rasululloh ham Makkadan hijrat qilib Madinaga kelib, 
yarim toshcha yiroqlikdagi Qubo degan qishloqqa tushgan edilar. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin