Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


QURAYSHDAN BOSHQA QABILALARNI ISLOMGA DA’VAT QILISH



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

QURAYSHDAN BOSHQA QABILALARNI ISLOMGA DA’VAT QILISH 
Qurayshning Islomga kirishlaridin Payg‘ambarimizning umidlari uzilib, ulardan boshqa 
arab qabilalarini dinga da’vat qilmoqchi bo‘ldilar. Makka atroflarida Ukoz, Mijanna, 
Zulmajoz degan joylarda har yili bir vaqt bozor mavsumlari bo‘lar edi. Arab qabilalari 
atrof-javonibdin yig‘ilishib kelib, shu bozorlarda savdo-sotiq qilishur edilar. Bu joylar 
arab shoirlari va xatiblar uchun bir musobaqa maydoni edi. Alarning shoirlari bu o‘rinda 
yig‘ilgan ko‘pchilik xalq oldida tayyorlangan she’rlarini o‘qishib, o‘z shoirlik quvvatlarini 
sinashur edilar. Ba’zan bir qabila shoiri o‘z qabilasini ortiqcha maqtab, boshqalarni 
kamsitganlikdan, nomus talashib, oralari buzilur edi. Shuning natijasida urush boshlanib, 
dahshatlik qirg‘inlar bo‘lib, hisobsiz qonlar to‘kilur edi. Haj mavsumidin boshqa kunlari 
shu joylarga xalq ko‘p yig‘ilganlikdan Payg‘ambarimiz alarni dinga da’vat qilish qasdida 
shu yerlarga keldilar. Har qaysi qabila ustiga kelib: 
— Ey bani falon, sizlardin meni taniguvchilar bor bo‘lsa, yoki yo‘q bo‘lsa, bilinglarkim, 
Quraysh qabilasidin chiqqan Abdulloh o‘g‘li Muhammaddurman. Alloh taolo meni yer usti 
insonlariga Payg‘ambar qilib yubordi. Allohning amri ila, o‘zi xohlagan Islom dinini 
sizlarga kelturdim. Bu din esa haq, to‘g‘ri dindur. Ham yorug‘ — yumshoq yo‘ldur. Bu 
kundin boshlab, Alloh oldida Islomdin o‘zga hech bir din qabul qilinmas. Alloh taolo o‘zi 
endirgan kitob — Qur’on hukmini butun xalqqa yetkuzmak uchun meni vakil qildi. O‘z 
qavmim Quraysh qabilasi iymon keltirmay, bu ishga to‘sqinlik qildilar. Endi sizlarni shu 
haq dinga da’vat qilgani keldim. Agar aytmish so‘zlarimni inobatga olib, iymon keltirur 
bo‘lsangiz, sizlarga ulug‘ saodatdur va ham sizlarning ionat (ko‘mak) va himoyatlaringiz 
ostida Rabbimning buyruqlarini barcha bandalariga yetkazur edim, — dedilar. 
Bu qabilalardin ba’zilari esa qo‘pollik ila uyatlik so‘zlarni qilishur edi. Shundoq qilib, 
Payg‘ambarimiz Islom yo‘lida har qancha aziyat ko‘rib, xorlik tortsalar ham unga sabr 
qildilar. Chunki bu haqda: 
«Fasbir kama sabara ulul azmi minar-rusuli», ya’ni «Ey Muhammad, o‘tgan ulug‘ 
payg‘ambarlar sabr qildilar, alardek sen ham sabr qil», degan Allohdin amr kelgan edi. 
Lekin o‘tgan payg‘ambarlardin hech birlari bizning Payg‘ambarimizchalik din yo‘lida 
ozoru kulfat ko‘rmagan edilar. Ularning har qaysilari o‘z darajalariga loyiq sabr-sabot 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin