Microsoft Word Tarixiy o'lkashunoslik fanining sillabusi2022-2023 — копия doc


Talabalar bilimini baholashda umumiy qoidalar



Yüklə 82,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix24.12.2023
ölçüsü82,57 Kb.
#192415
1   2   3   4   5   6   7
40008 Ishchi

 Talabalar bilimini baholashda umumiy qoidalar 
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 
Yakuniy nazorat yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq 
o’tkaziladi. 
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning 
bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi 
tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-
o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan nazorat turlarini 
o’tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o’tkazilgan nazorat 
turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan 
o’tkazilishi mumkin. 
Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga 
qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha 
«2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga 
kiritilmaydi. 
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu 
nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik 
qarzdor hisoblanadi. 
Talaba uzrli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga 
kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga 
fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta 
topshirishdan o’ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya 
tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchi va soha 
mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o’tkazish va talabani 
baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Berilgan muddat davomida mavjud bo’lgan qarzdorlikni topshira olmagan 
talaba bo’yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini 
(boshlig’ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, 
filial direktori) buyrug’i asosida kursdan qoldiriladi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon 
qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. 
Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya fakultet dekani tomonidan tashkil 


10 
etiladigan Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko’rib chiqiladi. 
Talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. 
Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqib, uning 
natijasi bo’yicha ushbu semestrda fanni o’zlashtirgani yoki o’zlashtira olmagani 
ko’rsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini 
ta’minlaydi. 
Nazorat turi bo’yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) 
yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga 
yo’l qo’yilmaydi. 
 
 


11 


12 


13 

Yüklə 82,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin