O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A
11-Mavzu: Ijtimoiy rivojlanishni rejalashtirish shakllari. REJA: 1. Jamiyatning taraqqiyot qonuni.
2. Ijtimoiy rejalashtirishning tashkil topishi.
1. Jamiyatning taraqqiyot qonuni. Korxona jamoasining ijtimoiy rivojlanishini rejalashtirish shakllari holis va
sub’ektiv asoslar bilan ta’minlanadi. Ulardan eng umumiysi asosiy iqtisodiyot qonun
va jamiyatning taraqqiyot qonuni. Iqtisodiy qonunlar – jamgarish, qiymat, Mehnatga
karab taksimlash, iste’molchilar extiyojini kondirish, Mehnat unumdorligini o’stirish
va boshqalar ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu tomonlarini ifodalaydi.
Jamiyatning taraqqiyot qonuni davlat, jamoa xususiy xo’jaliklarining iqtisodiy
imkoniyatlarini oshiradi. SHunga mos ravishda jamiyatning iqtisodiyotiga talablari
ortadi va uning barcha bo’g’inlarining o’zaro bog’likligi kuchayadi. Iqtisodiy
sohadagi rivojlanish ijtimoiy xayotning boshqa sohalariga ham tarkaladi,
odamlarning ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy, axlokiy extiyojlari kondirilishi kerak. Buning
ifodasi bo’lib rejalashtirishda texnik iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kabi masalalarni
hisobga olgan majmui yo’l xizmat qiladi. Iqtisodiyot qonunlari bu iqtisodiy xodisalar
va jarayonlar o’rtasidagi eng muhim, shartlangan aloqa va o’zaro bog’liklik ifodasi.
Iqtisodiy qonun holis ya’ni kishilarning ongi va ifodasiga bog’lik emas. Kishilar, bu
qonunlarni kashf etishlari, bilib olishlari, o’zlarining amaliy faoliyatlarida undan
foydalanishlari mumkin, ammo uni bekor qila olmaydilar. Iqtisodiy qonun barcha
ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarda amal qiladi, ammo fakat ishlab chiqarish
vositalariga mulkchilik asosida jamiyat iqtisodiy qonunlarining stixiyali amal
qilishining oldini olish va undan butun jamiyat, jamoa va shaxsiy manfaatlar yo’lida
ongli foydalanish imkoniga ega bo’ladi.
Iqtisodiy qonunlar tizimi ishlab chiqarish munosabatlarining moxiyati
namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy qonunlar ijtimoiy rivojlanishni har tomonlama kamol toptirish
maqsadlariga bo’ysinishini ifodalaydi.
77
Bu qonunlardan har birining tizimdagi o’rni ularning asosiy iqtisodiy qonunga
aloqasi, unga bo’ysunishiga ko’ra holis taksimlanadi.