www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Husayin xanuz onasining ko‘zlarini kuzatardi.
— Sizning ko‘zingiz nega ko‘k, ona? Fotimaxonim bu savolga javob bermasdan o‘zi
so‘radi: Sening ko‘zlaring nega qora?
—Bilmayman.
— Men ham bilmayman, o‘g‘lim. Tangrim sening ko‘zlaingni qora yaratgan, menikini —
ko‘k. Hozir senga bir narsa ko‘rsataman. Ichkaridan bir parcha non keltir. Ali
amakilarning pishagini chaqiramiz.
— Nonsiz chaqirsak bo‘lmaydimi, ona?
— Hayvonni aldasak bo‘ladimi, qo‘zim? Chaqirsak, bir narsa bermoqchi deb yugurib
keladi, bizda esa hech narsa bo‘lmasa, ya’ni aldasak, hech narsa bermasak, gunoh
bo‘ladi, Inson bugun hayvonni aldasa, ertaga o‘ziga o‘xshao‘ insonni aldaydi. Bu bechora
hayvonning hech kimi yo‘q.Biz nima bersak, yeydi. Yugur, onalar aytgan ishni darrov
bajarish kerak.
Husayin chopib borib, uydan bir parcha non keltirdi. So‘ng Ali amakining bog‘iga burilib,
pish....pish...pish deya pishakni chaqira boshladi. Birozdan so‘ng bir pishak bu yoqqa
hatladi.
— Nonni to‘g‘ra, oldiga ko‘yaylik.
Husayin non to‘g‘ramlarini oldiga tashlar, pishak kuzatib turar,so‘ng o‘ziga qulay
tomondan yaqinlashib, mohirona bosh silkkancha og‘zining goh o‘ng, goh chap tarafiga
o‘tkazib yerdi.
— Husayin!
— Labbay, ona?
— Pishakning ko‘zlarini ko‘ryapsanmi?
Husayin qaradi. Va hayratdan qichqirdi.
— Aaaa... Ona mushukning ko‘zlari noto‘g‘ri ekan.
Fotimaxonim kuldi:
— Qanaqasiga noto‘g‘ri bo‘lsin, o‘g‘lim?
— Xato. Biri bir rangda, ikkinchisi ikkinchi rangda.
— Ko‘rdingmi, o‘g‘lim, menga sizning ko‘zingiz nega ko‘k deganding. Hatto bir
pishakning ikki ko‘zi turli rangda. Alloh shunday yaratgan.
— Xo‘p, unday bo‘lsa, Xayriya kim, ona?
— Mening bir ismim Xayriya, bilmaysanmi, bo‘talog‘im.
— Bilmayman.
— Unda oqshom otang kelganda so‘raysan. Men indamay turaman.
— Ishondim, ona, so‘ramayman.
— Yo‘q, oqshom so‘raymiz.
* * *
Odilbek do‘konda o‘tirarkan, qo‘shni bola qo‘lida bir konvert bilan keldi:
— Buni Fotima yangam berib yubordi amaki, — deb xatni uzatdi. Maktub ikki
satrdangina iborat edi.
«Oqshom sizdan Husayin mening ismimni so‘raydi.Bugundan e’tiboran ikkinchn ismim
Xayriyadir. Sababini tushuntiraman».
Odilbek xatni o‘qib, o‘yga toldi. Husayin nega Fotimaning otini so‘radiykan? Nega ismi
Xayriya bo‘ldi ekan? Biror ezma bo‘lar-bo‘lmas gaplarni laqilladimi? Uylanganidan beri
chehralari ochilib qolgan bolalaridan omad yuz o‘girmoqdami?
Oqshomni joniqib kutdi. Uyga borishi bilan ko‘zlari bolalarining yuzlarida bo‘ldi. Hech
narsa anglamadi, ovkatlanarkan Fotimaxonim:
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |