Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

42

 



Fotimaxonim bu she’rni o‘qib chikdi. Istiqlol urushida qanchadan-qancha insonlar shaxid 

ketgani, bugungi avlod ularni bilmasligi, xotirlamasligini, ularning ishonchi, ma’naviyati, 

axloqini davom ettirmaganligini esladi. Ular bu yurtning egalari edi. Ammo ularni 

minnatdorlik bilan eslash o‘z yo‘liga, ularning unutilmasligi uchun jiddiy mashg‘ul 

bo‘lganlar, hatto kurashganlar bor edi... 

Husayin boshlang‘ich maktabni a’lo baholarga bitirdi. Bir kun Odilbekning do‘koniga 

Husayinning o‘qituvchisi keldi: 

— Xayrli kun, Odilbek! — deb ichkari kirdi. 

— O-o-o! Marhamat Erdolbek! Qaysi shamollar uchirdi? Bizlarni butunlay unutganmisiz 

deb o‘ylagandim. 

— Unutganim yo‘q, Odilbek! Doim ham xohlaganingni qilishga imkon bo‘lmas ekan... 

—- Shunday. Marhamat! Erdolbek kirib o‘tirdi. 

— Choymi, qaxvami? 

— Choy ichayliq Odilbek qarshisidagi do‘konga qarab bir bolaga buyurdi: 

— Mahmud, bizga ikkita choy keltir, o‘g‘lim. So‘ng muallimga qaradi: 

— Qalaysiz, Erdolbek! Olamda nima gap? Erdolbek do‘konni kuzatishda davom etarkan: 

— Shu kunlarda dam olishdan boshqa ish qilmayapmiz. Biroz dam olish ham kerakda

to‘g‘rimi? 

— Albatta. Tabiiy. 

Bu orada gap aylanib Husayinga taqaldi. Erdolbek so‘radn: 

— Xusayinni o‘qitmoqchimisiz, Odilbek? 

— Ha, kuchim yetsa, o‘qitmoqchiman. Kuchim yetganicha o‘qitish niyatidaman. 

Ko‘raylikchi, o‘qib bir narsa bo‘ladimi o‘zi yoki yuzimizni yerga qaratadimi? 

— Bu bola o‘qiydi, Odilbeq Mening kelishdan maqsadim ham bir jixatdan shu. 

Odilbekdan ahvol so‘ray hamda bolaning o‘qishi hususida bir maslahatlashaylik dedim. 

Menga qolsa, urinib-surinib bo‘lsa ham bolani o‘qitish kerak. -Xo‘sh,Husayinning o‘zi 

nima deydi. Kim bo‘lmoqchi? 

— Hozircha bir nima degani yo‘q. Men ham bir aniq qarorga kelgan emasman. Ammo 

onasi men o‘g‘limni Imom Xatib maktabidan boshqasiga qo‘ymayman deydi. 

Birdan Erdolbekning rangi o‘zgardi. Yuzidagi ifoda ketib, burishgandek bo‘ldi: 

— Bolaning mehnatini kuydirmoqchimisiz? Bunday ish qila ko‘rmang. Qobiliyatli bir 

bolani aqidaparast to‘nkaga aylantirmoqchimisiz? Muallimi sifatida men bunga rozi 

emasman. Mamlakat bunday bolalarning xizmatiga zor. 

— Demak to‘g‘ri demaysiz, Erdolbek. Shundaymi? 

— Qatiyyan noto‘g‘ri. Do‘stim, bolaning boshini o‘rgimchak uyasigaa ylantirmang.Dunyo 

oldinga ketganda orqada qolmoqdan ne ma’no? Bundan ko‘ra o‘qitmagan yaxshiroq. 

.Boldiri ochiq arablarning tilini o‘rganadi. Bering, ana o‘rta maktabda inglizcha o‘rgansin. 

Fandan, adabiyotdan nasibasini olsin. Millatiga xizmat qilsin. 

Erdolbek choyning so‘nggi ho‘plamini ichdi. So‘ng so‘zida davom etdi: 

— Imom Xatib maktabining natijasi — ko‘lda tasbex;, oyoqda maxsi, bu qishloq meniki, 

bu qishloq seniki deb xirmon aylanib kezish... 

Odilbekning ko‘zlariga tikildi: 

— Qisqasi — tilanchilik, tilanadi. Menga qolsa, xotiningiz tugul boshqasi bo‘lsa ham nima 

desa-desin, u yerga ko‘ysangiz otalik burchini bajarmagan bo‘lasiz. Yana o‘zingiz bilasiz 

Odilbek. Bola sizniki.Xohlasangiz xor qilasiz, xohlasangiz istiqbolini ta’min etasiz. Vizning 

vazifamiz bilganimizni aytish. 

Erdolbek shunga o‘xshash ko‘shimchalar qilgach, so‘zlarini shunday tugatdi: 



O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin