Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

48

kasbga yo‘naltirilgan maxsus diniy darslarini o‘zi ham talaba singari o‘rganishga xarakat 



qildi. 

Ba’zan Husayin maktabdoshlari bilan birga uyda dars tayyorlar, Fotimaxonim ularga 

choy damlar, taom chiqarar, tortinmasdan o‘tirishlari uchun imkon berardi. Ba’zan ular 

o‘tirishgan xonaning eshigigacha kelib, quloq solar, dars tayyorlab-tayyorlamayotganini 

nazorat qilardi. Balki u gap poylab, maroqlanish uchun shunday qilgan dersiz? 

Fotimaxonimdek odob va tarbiya namunasi, iffat va fazilat obidasi bo‘lgan bir xonimga 

nisbatan bu savolga «ha» deb javob berganlar gunoh ostida qoladilar. Uning maqsadi 

bolasining dars tayyorlash bahonasida behuda vaqt sarflab, behuda narsalarga 

berilmasligini nazorat qilyash edi. Har holda bunday maqsad bilan o‘g‘lining xatti-

harakati oatarbnyasini nazorat qilgan Fotimaxonimning ma’zur etilmasligiga jiddiy bir 

sabab topilmasa kerak. 

Husayin ikki yillik taxsil hayotini onasining e’tibori va yordami bilan muvaffaqiyatli ado 

etdi. 

Bu yil Husayin uchinchi sinf talabasi — balog‘at yoshiga kirib, uyning ikkinchi erkaga 



sanalib qoldi. 

Yanayam to‘g‘rirog‘i, u o‘zini shunday his etmoqda edi. Hatto o‘smirlikning ba’zi bir 

tabiiy havoyiliklarini ko‘rsata boshladi. Goh maktabdan chiqnb uyga kech kelar, kelar-

kelmas sumkasini ko‘yib hech kim bilan gaplashmasdan, men falon yerga boraman 

demasdan chiqib ketardi. Izzat-nafs belgilari bilinib qoldi. Ba’zan do‘stlari bilan dars 

tayyorlashga ketib, tun yarmida qaytardi. 

Bomdodga uyg‘otmoq uchun Husayinning yoniga kirgan Fotimaxonim tamaki xidini sezib 

ijirg‘andi, egilib hidladi — aniq tamaki hidi. O’g‘lini uyg‘otib o‘zi joynamoz uzra tiz 

cho‘kdi. Ko‘zlari derazadan elas-elas qo‘rinayotgan tumanli tog‘larga qaraganday. Faqat 

ularga tomosha qilish niyati bilan qaramayotgani aniq. Zotan tomosha qilayotganning 

qo‘zlari bu qadar tolg‘in bo‘lmaydi. Ko‘zlardagi tolg‘inlik qalbning g‘ayri odatiy tashvishga 

duch kelganidan dalolat. Haqiqatan, Fotimaxonim bomdoddan so‘ng oxirat diyoriga 

ko‘chganlarga oyatlar o‘qib, duolar qilishni odat etgandi. Oradan olti-etti daqiqa o‘tib 

ham Husayin turavermagach, yana uning yoniga bordi. Haligi hid yana uni bezovta va 

xafa qildi. 

— Husayin, qani tur, namoz o‘tib ketyapti. 

— Ona, bu kecha kech yotdim. 

— Namozingni o‘qib, yana yotaverasan. 

— Ko‘zlarimni ocholmayapman, ona, yana bir soat ruxsat bering. 

— Bo‘lmaydi, o‘g‘lim. Hozir quyosh chiqadi. Namoz uyqudan xayrlidir. 

So‘ngra uning qo‘lndan tutib ko‘tardi. Husayin haqiqatan uyquga to‘ymagandi. Kech 

yotgandi. Shuningdek onasining turg‘azmasdan qo‘ymasligini o‘z ismini bilgandek aniq 

bilardi. Bugungacha kun chiqqach bomdodni o‘qiganini yoki kun chiqmasdan avval 

o‘qimaganini eslayolmaydi. Namozini o‘qidi va yana yotdi. 

Bir soat o‘tib turgach, onasining yuzida qayg‘u alomatlari ko‘ringanday bo‘ldi. 

— Tobingiz yo‘qmi, ona? 

— Yo‘q, o‘g‘lim. 

— Xafa ko‘rinasiz. 

— Ha, xafaman. 

— Nima bo‘ldi? Nega xafasiz? Bu gal Fotimaxonim so‘radi: 

— Qayg‘umning sababini bilsang, meni qanday hursand qilasan? 

— Kuchim yetgancha sizni xursand etishga harakat qilaman, ona. 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin