Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

70

bo‘ldi. Keyin xutba o‘qigan juma quni oyoq kiyimini olib kelib to‘g‘rilab qo‘ygan yigitni 



esladi. Oradan to‘r? yil o‘tgandi, shu paytgacha uchrashib qolishganlarida so‘rashib-

salomlashib o‘tishardi. Demak, askar bo‘libdi. 

Husayin onasining mozoridan g‘amgin holda ketmadi deyish insofsizlik bo‘lar edi. To‘g‘ri, 

Fotimaxonim o‘ziga munosib onalik qildi, ammo o‘z onasining loaqal yuzini xotirlashni 

naqadar istardi. Zehni shu o‘ylar bilan bir muddat mashg‘ul bo‘ldi. Unnng ko‘zlari 

namlandi. Qayg‘urnshning marhumga foydasi yo‘qligini, unga rahmat tilash 

ma’yuslikdan, g‘ussadan foydaliroq ekanini o‘yladi. 

 

* * * 

 

Oliy Islom Ma’hadiga imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan Husayin ketishi bilan uyda 



ikki qizidan boshqa hech kimi qolmagan Fotimaxonim bir tarafdan o‘g‘lini sog‘insa, 

ikkinchi tarafdan uning o‘zi istagan o‘qishga kirganini o‘ylab ovunardi. O’g‘li yonida 

bo‘lib, tahsnl chala-yarim qolsa, bu ham yaxshi emas. Faqat chidash qiyin bo‘lgan 

ayriliq. Ammo bu ham muammo emas. U bunday qiyinchiliklarning ozmunchasiga 

bardosh etmaganmi-di?! Ora-sira maktublari kelib turardi. Otasiga yozgan xatlaridan 

tashqari onasiga ham alohida maktub yozib ahvolini va duo qilishini so‘rardi. Mana bu 

maktub ketganidan ikki oy o‘tgandan so‘ng kelgandi: 

Sevimli onajonim! 

Kecha asrdan so‘ng choyxonadachoy ichay dedim. Choyxonachining yordamchisi choy 

keltirdi va cho‘ntagidan bir xat chiqarib, «shuni o‘qib bersangiz, eshitsam»,—dedi. 

O’qidim. Tugagach, maktabga nega bormaganini so‘radim. U oh tortdi: 

— Ular yubordilaru, men qochdimmi, birodar, — dedi. So‘ngra tushuntira boshladi. O’gay 

ona qo‘lida o‘sibdi. Undan ona sifatida uch narsa ko‘rdim deydi: tundliq yomon so‘z, 

tayoq... 

— Bu uchalasidan ortiq biron naraa ko‘rdim desam, yolg‘on bo‘ladi. U ko‘zlari 

yoshlanganini yashirish uchun derazadan tashqariga qaradi. Men devordagya rasmlarga 

qaragan bo‘ldim. 

Aytishicha, otasi asabiy odammish. «Har oqshom dasturxon atrofiga yig‘ilganimizda 

o‘gay onam: 

— Bugun badbaxt o‘g‘il u ishni qildi, bu ishni qilmadi, — deb to‘kib solardi. Otam: 

— Xonim, besh daqiqa sabr et, bola ovqat-povqatini yeb olsin, so‘ng xohlaganingday 

uraman, —desa: 

— Men uring demayapman, faqat qilganini aytayapman, holos. Qancha majburlasam 

ham to‘xtatolmadim, mana o‘zining yuzi, — deb meni ko‘rsatdi. Men endi ikki barobar 

tayoq yeyishimni ismimni bilganday aniq bilib, indamadim. Otam: 

— Xonim, asabimga teg‘ma, jahlimni qo‘zg‘ama! Qonimni qaynatsang, sening bolang 

ham xaqqini oladi. Bu ayb qnladi-yu, seniki tinch turadimi? Sening bolang osmondan 

tushganmi? Qaysi kun o‘g‘lingning xatosini aytding? Hudodan qo‘rqmaysanmi? 

— Mening farishta o‘g‘lim nima qildi? Yashiriladigan aybi bormi uning? Yo tuxmat 

qilayinmi bolamga? 

— Xo‘p, meniki har kun ayb qiladimi? Hech to‘g‘ri ishi yo‘qmi bechoraning? Bir kun bo‘lsa 

ham qo‘nglim uchun yaxshi bir ish qildi desang, nima qiladi? — deya yolvorsa ham o‘gay 

onamning men haqnmdagi yaxshi gapni otam hech eshitmadi. 

— Har qun shu! Yolg‘on gapiraymi? Qilganini qilmadi deymi? 

Otam dasturxondan ko‘l tortib turadi: 

— Har kun tayoq yeb to‘ymadingmi, aqling kirmadimi! Yetar endi! — deb rosa uradi. 

So‘ng onamga tashlanadi, 



O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin