213
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, jismoniy
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan
soliqning davlat byudjeti
daromadlaridagi salmog‘i o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, jumladan,
2004-2006 yillarda 0.2 foizni, 2008 yilda 0.3 foizni, 2010 yilda 0.5
foizni, 2012 yilda 0.8 foizni tashkil etgan. 2017 yilda soliqning tushum
ko‘rsatkichi 1.5 foiz bo‘lmoqda. Bundan ko‘rinadiki, jismoniy
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning salmog‘i 2017
yilda
2004 yilga nisbatan 1.3 foizli punktga ortgan. Bu holatni soliq
stavkalarining oshirilishi, soliq obyektlarini ro‘yxatga olish jarayonining
jadallashuvi hamda soliq to‘lovchilar sonining
ortishi bilan izohlash
mumkin.
Soliq kodeksining 272-moddasiga muvofiq Mulkida soliq
solinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el
fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalarida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs
tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchilaridir.
Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash
imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki)
foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir.
Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan
uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va
boshqa
imoratlar, joylar, inshootlar soliq solish obyektidir.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining
kadastr qiymati to‘lovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli
organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud
bo‘lmagan
taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan
shartli qiymati soliq solinadigan bazadir.
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti bo‘yicha
to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir obyekt
bo‘yicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqning stavkalari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori bilan
belgilanadi hamda soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq
qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan
belgilangan tartibda
etkaziladi. Soliq stavkalari har yili keyingi moliya yili uchun O‘zbekiston
Dostları ilə paylaş: