217
Soliq kodeksning 275-moddasida ko‘rsatilgan
imtiyozlarni olish
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi
hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-
mulkning 1 yanvarga bo‘lgan holatiga ko‘ra kadastr
qiymatidan va
belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bo‘lgan
imoratlar,
binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu
imoratlar, binolar va inshootlardagi
ulushiga mutanosib ravishda
to‘lanadi.
Mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir
mulkdordan boshqasiga o‘tgan
taqdirda, jismoniy shaxslarning mulkiga
solinadigan soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1
yanvaridan
e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotgan oyning
boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi
vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha jismoniy
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ular barpo etilgan yildan
keyingi yil boshidan e’tiboran to‘lanadi.
Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulk uchun
jismoniy shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq merosxo‘rlarda mulk huquqi vujudga kelgan
oydan e’tiboran to‘lanadi.
Soliq solish obyekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan, buzib tashlangan
taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqni
undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan
oydan e’tiboran to‘xtatiladi. Soliq summasini
qayta hisob-kitob qilish
mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organi tomonidan berilgan yo‘q qilinganlik, vayron
bo‘lganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud
bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Kalendar yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan (amal
qilishi tugagan) taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan
(amal qilishi tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash
to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi davlat soliq
xizmati organi tomonidan
soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi
218
olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1
maydan kechiktirmay topshiriladi. (11-ilova).
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri
uchun to‘lash hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: