Soliq masalar yechimlari



Yüklə 54,76 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü54,76 Kb.
#205163
SOLIQ MASALAR YECHIMLARI 10 -shrift


SOLIQ MASALAR YECHIMLARI
1-MISOL. Yuridik shaxs soliq davrining 1 yanvaridan foizlarni toʻlash majburiyatisiz 50 mln soʻm miqdorida 3 oyga qarz oldi. Korxona toʻlashi lozim
boʻlgan foyda soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
50mln * 15% = 7.5mln
(7.5 mln / 365kun) * 90 kun = 1 849 315 so’m
2-MISOL. Korxona tomonidan 740 ming soʻmga aktsiyalar realizatsiya qilindi. Bu aktsiyalarning balans qiymati 650 ming soʻmni tashkil etadi. Aktsiyalarni realizatsiya qilish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar yoʻq. Korxona toʻlashi lozim boʻlgan foyda soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
740 – 650 = 90 ming
90 * 7.5% = 6,75 ming
Soliq stavkalarining 8-bandida ko’rsatilgan soliq to’lovchilar, agar
ko’rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot
(soliq) davri yakunlari bo’yicha jami daromadning kamida 90 foizini tashkil etsa,
7,5 foiz miqdoridagi soliq stavkasini qo’llashga haqli. 15 % emas !!!!!!!!!!
3-MISOL. AOS toʻlovchisi boʻlgan korxona yuridik shaxsga kompyuterini 500 ming soʻmga sotdi. Kompyuterning boshlangʻich qiymati 600 ming soʻm boʻlib, sotilgan kunga hisoblangan amortizatsiya summasi 240 ming soʻmni tashkil qiladi. Kompyuter bilan qayta baholash amalga oshirilmagan. AOS hisoblang.
Yechilishi :
500 – ( 600 – 240 ) = 140 ming
140 * 4 % = 5,6 ming
4-MISOL. Yillik jami daromadi 500 mln soʻmdan kam boʻlgan korxona aprel oyidan boshlab qatʼiy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtadi. AOSni qatiy belgilangan summada hisoblang.
Yechilishi :
500 mlngacha qat’iy belgilangan summa 20 mln so’m
(20 mln / 12 oy) * 9 oy = 15mln
5-MISOL. Xodimning mehnatiga yanvar oyi uchun 1 500 000 soʻm haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandli boʻlganligi munosabati bilan 3 000 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
SKning 378-moddasi 1-bandiga koʻra bir yil davomida MHEKMning 4,22 baravarigacha miqdorda beriladigan moddiy yordam summalariga soliq solinmaydi.
2023.05.01 - Eng kam oylik ish haqi 980 mingga o’zgargan
980 000 * 4.22 = 4 135 600 so’m
Moddiy yordam - soliq solinmaydigan moddiy yordamdan kam
4.1356 mln > 3 mln
1 500 000 so’m * 12 % = 180 000
6 - MISOL. Xodimning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadi yanvar oyi uchun 1 100 000 soʻmni tashkil etgan. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 60 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1-yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 3 000 000 soʻm ijara haqi oldi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
1 100 000 + 3 000 000 = 4 100 000
4 100 000 * 12% = 492ming
7-MISOL. Xodimning mehnatiga yanvar oyida 1 500 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Tugʻilgan kuni munosabati bilan unga yanvar oyida 2 000 000 soʻmlik maishiy texnika sovgʻa qilingan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
Soliq kodeksining 378-moddasi 10-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaxslardan MHEKMning 2,11 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi
920ming * 2.11 = 1 941 200 so’m
(1 500 000 + 2 000 000 – 1 941 200) so’m = 1 558 800 so’m
1 558 800 * 12 % = 187 056 so’m

8-MISOL. Yillik jami daromadi 500 mln soʻmdan kam boʻlgan korxona yanvar oyidan boshlab qatʼiy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtdi. Yillik jami daromad oktyabr oyida 500 mln soʻmdan oshdi. AOSni qatiy belgilangan summada hisoblang.


Yechilishi :
(20mln / 12 oy) * 9 oy = 15 mln
(30mln / 12oy) * 3 oy = 7.5 mln
(15 + 7.5)mln = 22.5 mln
9-MISOL. Korxonaning hisobot davrida mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olgan yalpi foydasi 50 000 ming soʻmni tashkil etdi. Davr xarajatlari - 30 000 ming soʻm. Qoʻshimcha faoliyatdan olingan boshqa daromadlar - 5 000 ming soʻm. Korxona toʻlashi lozim boʻlgan foyda soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
(50 – 30 + 5)mln = 25 mln
25mln * 15% = 3.75mln
10-MISOL. Mobil aloqa operatori aksiz soligʻi va QQSni hisobga qabul qilingan holdagi qiymat boʻyicha, umumiy summasi 40000 ming soʻmga teng mobil aloqa xizmatlarini realizatsiya qildi. Aksiz soligʻi stavkasi 10% ni tashkil qiladi. Aksiz soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
QQS = (40ming * 12%) / (100% + 12%) = 4286 so’m
(40 000 – 4 286)so’m = 35714 so’m
Aksiz solig’i = (35714 * 10%) / (100% + 10%) = 3247 so’m
11-MISOL. Mobil aloqa operatori aksiz soligʻi va QQS hisobga qabul qilinmagan holdagi qiymat boʻyicha, umumiy summasi 32 467 soʻmga teng mobil aloqa xizmatlarini realizatsiya qildi. Aksiz soligʻi stavkasi 10% ni tashkil qiladi. Aksiz soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
Aksiz = 32 467 so’m * 10 % = 3 246.7 so’m

12-MISOL. Korxona mart oyida 500 quti sigareta ishlab chiqarib realizatsiya qilgan, ularga qiymati 1 mln soʻmlik 10 000 dona sigareta solingan. Belgilangan stavka – 1 000 donasi uchun 172 000 soʻm + 10%. Aksiz soligʻini hisoblang.


Yechilishi :
(10 000 / 1000) * 172 000 so’m = 1 720 000 so’m
1 000 000 * 10 % = 100 000 so’m
100 000 so’m + 1 720 000 so’m = 1 820 000 so’m
13-MISOL. Korxona fevral oyida 1 000 litr pivo import qilgan, uning bojxona qiymati 10 mln soʻmni tashkil etadi. Pivo uchun soliq stavkasi – 50%, biroq bir litri uchun 12 800 soʻmdan kam emas. Aksiz soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
1000 litr * 12 800 so’m = 12 800 000 so’m
14-MISOL. Korxona hisobot davrida tannarxi 900 ming soʻm boʻlgan (QQSsiz) mahsulotni shartnoma asosida 960 ming soʻmga (QQS bilan) realizatsiya qildi. Korxona toʻlashi lozim boʻlgan QQS summasini hisoblang.
Yechilishi :
(960 ming * 12%) / (100% + 12%) = 102 857 so’m
960 000 – 102 857 = 857 143 so’m
900 ming * 12 % = 108 ming
15-MISOL. Korxona hisobot davrida 2 400 ming soʻmga (QQS bilan) materiallar xarid qildi. Korxona QQS solinadigan va solinmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hisobot davrida realizatsiya qilishdan olingan umumiy sof tushum 6 800 ming soʻmni tashkil qildi, undan 2 800 ming soʻm – QQS solinmaydigan oborot, 4 000 ming soʻm – QQS solinadigan oborot. Hisobot davrida korxona toʻlashi lozim boʻlgan QQS summasini yangidan yaratilgan qiymat asosida hisoblang.
Yechilishi :
4 mln * 12 % = 480 ming
(2.4 mln * 12%) / (100% + 12%) = 257 ming
408 ming – 257 ming = 223 ming
16 – MISOL. QQS toʻlovchisi boʻlgan korxonaning taʻsischilaridan biri (QQS toʻlovchi yuridik shaxs) ustav kapitaliga qiymati 1400 ming soʻm (QQS bilan) miqdoridagi materiallarni ulush sifatida kiritdi. Korxona toʻlashi lozim boʻlgan QQSni hisoblang.
Yechilishi :
(1.4 mln * 12%) / (100% + 12%) = 150 ming
17 – MISOL. QQS toʻlovchi savdo korxonasi har birining narxi QQSni hisobga olganda har biri 20 000 ming soʻm boʻlgan - 2 ta printerni sotdi. Bunda bitta printer 13 000 ming soʻmga, boshqasi 17 000 ming soʻmga sotib olingan. QQSni hisoblang.
Yechilishi :
(20mln * 12%) / (100% + 12%) = 2.14 mln
(20mln * 12%) / (100% + 12%) = 2.14 mln
2.14 mln + 2.14 mln = 4.2857 mln
18-MISOL. Mahsulotlarni realizatsiya qilish qiymati QQSni hisobga olganda - 12 000 ming soʻm. Ushbu mahsulotlar turkumining ishlab chiqarish tannarxi 13 000 ming soʻmni tashkil etadi. QQSni hisoblang.
Yechilishi :
(13mln * 12%) / (100% + 12%) = 1. 392 mln
19-MISOL. Buxgalterlar klubi (notijorat tashkilot) pullik xizmat koʻrsatish kurslarini ochdi. Klub binosidan ustav faoliyati hamda pullik xizmat koʻrsatish boʻyicha foydalaniladi. Hisobot davrida aʻzolik badalidan tushum 8 200 ming soʻmni va pullik xizmatlardan tushum 660 ming soʻmni tashkil qiladi. Binoning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati 360 mln soʻmni tashkil qiladi. Mol-mulk soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
8.2mln + 0.66mln = 8.86mln
(0.66mln * 100%) / 8.86mln = 7.45%
360 * 7.5% = 27 mln
27 * 1.5 % = 405 ming
20- MISOL. Hisobot davrida korxona mol-mulkining oʻrtacha qoldiq qiymati 90 000 ming soʻmni tashkil etadi, shundan: Meʻyoriy muddatlarda tugatilmagan qurilishning qiymati – 35 000 ming soʻm; 22 750 ming soʻmni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan konservatsiya qilingan. Mol-mulk soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
90mln – 35mln – 22.75 mln = 32.25mln
32.25mln * 1.5% = 483.750 so’m
35mln * 3% = 1 050 000 so’m
22.75mln * 0.5% = 113 750 so’m
113 750 so’m + 1 050 000 so’m + 483 750 so’m = 1 647 500 so’m
21-MISOL. Umumiy kadastr qiymati 185 000 ming soʻm, maydoni 190 kv.m. boʻlgan uy umumiy ulushbay egalik huquqida ikki mulkdorga tegishli. Mulkdor A ning ulushi uyning 3/5 qismini, mulkdor B ning ulushi esa uyning 2/5 qismini tashkil etadi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasini hisoblang.
Yechilishi :
A mulkdor = (185mln * 3) / 5 = 111mln
B mulkdor = (185mln * 2) / 5 = 74mln
A mulkdor = 111mln * 0.28% = 310 800 so’m
B mulkdor = 74mln * 0.28% = 207 200 so’m
22-MISOL. Chernobil AESdagi falokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan harbiy xizmatchi oʻz kvartirasini yuridik shaxsga ijaraga beradi. Uning kadastr qiymati, koʻchmas mulk kadastri xizmati maʻlumotlariga koʻra, 98 000 ming soʻmni, umumiy maydoni 83 kv.m. tashkil qiladi. Jismoniy shaxsning mol-mulkiga solinadigan soliq summasini hisoblang.
Yechilishi :
98 mln * 0.28 % = 274 400so’m
23-MISOL. Korxona 7 qavatli turar joyning birinchi qavatida joylashgan 140 kv.m turar joy boʻlmagan xonaga egalik qiladi. Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
A .Avloniy MFY 47.13 --- 1kf
140 kv.m / 7 = 20 kv.m
Ys = 0.002 gektar * 47.13mln = 94 260
24-MISOL. Termiz shahrida joylashgan korxonaga shahar hokimi qarori boʻyicha ajratilgan yer maydoni 3,75 ga, haqiqiy foydalanilanishdagi yer maydoni esa 4,5 ga ekanligi aniqlandi. Bir gektar yer uchun soliq stavkasi 47 130 000 sʻom. Korxonaning hisobot yilida toʻlashi lozim boʻlgan yer soligʻi summasini hisoblang. Misolimizdagi yerlarning stavkasi quyidagicha boʻladi: - jismoniy shaxslar uchun 1 kv.m ga 317,31 soʻm; - yuridik shaxslar uchun 1 ga yer maydoniga 47 130 000 soʻmni tashkil qiladi.
Yechilishi :
4,5mln – 3.75mln = 0.75mln
0.75mln * 47.13mln = 35.34mln
3.75 gektar * 47.13mln = 176.73 mln
35.34mln * 4 g = 141.39mln
176.73 mln + 141.39 mln = 318.12 mln
25- MISOL. Termiz shahrida joylashgan 0,1 ga yer maydoni jismoniy shaxsga umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan. Ushbu ajratilgan yer maydonining 0,04 ga qismidan tadbirkorlik, yaʻni umumiy ovqatlanish faoliyati boʻyicha xizmat koʻrsatiladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini hisoblang.
Yechilishi :
0.04gektar * 47.13mln = 1.885mln
0.1 – 0.04 = 0.06gektar
0.06g = 600 kv.m * 395.46 = 237 276 so’m
1.8852mln + 0.237 276 mln = 2.122 476 mln
JAVOB : 2 122 476 so’m
26-MISOL. Suv oʻlchagich uskunasining koʻrsatkichi boʻyicha korxona hisobot davrida vodoprovod tarmoqlaridan 290 kub metr suv isteʻmol qilgan. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblang. Yil uchun sarflangan suv hajmining nisbati quyidagicha hisoblanadi: yer usti manbalaridan – 81,7%; yer osti manbalaridan – 18,3%. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari: yer usti manbalaridan – 265 so‘m ; yer osti manbalaridan – 320 so‘m.
Yechilishi :
290 kub.m * 81.7 = 236.kub.m
290kub.m * 18.3 = 53.07kub.m
236.93 kub.m * 265 so’m = 62 786,45 so’m
53.07kub.m * 320 so’m = 16 982,4 so’m
Yer osti solig’i + yer usti solig’i = 79 768,85 so’m
27-MISOL.Korxona gazlangan suv va limonad ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Ishlab chiqarish hajmi – yiliga 60 000 litr. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan foydalanilgan umumiy suv hajmi suv oʻlchagich asboblarining koʻrsatkichlari boʻyicha bir yilda 100 kub. metrni tashkil etadi, bunda ishlab chiqarishga yer osti manbalari, boshqa maqsadlar uchun esa yer usti manbalaridan foydalaniladi. Korxona toʻlashi lozim boʻlgan suv resusrlaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari: yer usti manbalaridan – 265 so‘m; yer osti manbalaridan – 320 so‘m. Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi uchun soliq stavkasi: – 30 500 so‘m
Yechilishi :
60ming litr = 60 kub.m yer osti
40kub.m = yer usti
60kub.m * 30500 = 1 830 000 so’m
40kub.m * 265 = 10 600 so’m
10 600 so’m + 1 830 000 so’m = 1 840 640 so’m
28 -MISOL. Korxona tomonidan hisobot davrida kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi 200 tonnani tashkil qilib, shundan 60 t mahsulot realizatsiya qilingan, soliq stavkasi 4%, xususan: - 20 t mahsulot – 125 000 ming soʻmga; - 40 t mahsulot – 346 000 ming soʻmga. Yer qaʻridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblang.
Yechilishi :
346mln + 125mln = 471mln
471mln / 60t = 7.85mln
7.85mln * 200t = 1 570 mln
1 570 mln * 4% = 62.8mln
29- MISOL. Hisobot davrida korxona tomonidan kavlab olingan tayyor mahsulotning hajmi 10 tonnani tashkil qildi. Kavlab olingan mahsulotning tannarxi 120 000 ming soʻmni tashkil qilgan. Hisobot davrida realizatsiya qilindi: 2 t 20 000 ming soʻmga; 8 t 112 000 ming soʻmga. Tayyor mahsulot uchun soliq stavkasi 3%ni tashkil etadi. Yer qaʻridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblang.
Yechilishi :
120 mln / 10 t = 12mln
20 mln / 2 t = 10mln
112 mln /8 t = 14mln
(10mln + 14mln) + 112mln = 136mln * 7% = 9.52mln
30- MISOL. Korxona maishiy-xoʻjalik maqsadlariga moʻljallangan elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Korxonaning yigʻish tsexida 45 kishi ishlaydi, ulardan 20 nafarini nogironlar tashkil etadi. Yanvar oyi uchun hisoblangan mehnatga haq toʻlash fondi 12 500 ming soʻmni tashkil etib, undan 48 %i nogironlarning mehnatga haq toʻlash fondidan iborat. Ijtimoiy soliqni hisoblang.
Yechilishi :
12.5 mln * 48 % = 6mln
(12.5 – 6)mln * 12% = 0.78mln
6mln * 4.7 % = 0.282mln
0.78mln + 0.282mln = 1.062mln
Yüklə 54,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin