229
Diagramma ma’lumotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘ini byudjet daromadlari tarkibida ahamiyatli ekanligidan darak
beradi.
Soliq kodeksining 167-modasiga ko‘ra muvofiq
soliq solinadigan
daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilardir.
Jismoniy shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasi
norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan
daromadlariga Soliq kodeksning 182-moddasida nazarda tutilgan o‘ziga
xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bo‘yicha
soliq
solinadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyekti
hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston
Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan
daromadlari;
- O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik
faoliyatidan olingan, Soliq kodeksning
58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining
soliq solish
obyekti bo‘lmaydi.
Soliq kodeksining 170-modasiga muvofiq soliq solinadigan baza jami
daromaddan kelib chiqib, Soliq kodeksning 179 va 180-moddalariga
muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan
holda
aniqlanadi.
Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‘ra, sud yoki
boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga
oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari
daromadlar amalda olingan sanada O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy
banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab
chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga
quyidagilar kiradi:
1) mehnatga haq to‘lash
tarzidagi
daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
Dostları ilə paylaş: