Jismoniy shaxslardan oli-
nadigan daromad solig‘i
bo‘yicha imtiyozlar
243
3) o‘z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki)
statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan
to‘langan summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy
xizmat ko‘rsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlarning
salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish uchun qilingan
xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatganlik
uchun yuridik shaxslar tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalariga naqd
pulsiz haq to‘langan taqdirda, shuningdek sog‘liqni saqlash tashkilotlari
tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun
mo‘ljallangan naqd pul mablag‘lari bevosita xodimga, xodim yo‘qligida,
uning oila a’zolariga, ota-onalariga berilgan yoki mazkur maqsadlar
uchun mo‘ljallangan mablag‘lar xodimning bankdagi hisobvarag‘iga
kiritilgan taqdirda, ushbu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi;
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston
Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan
byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari
va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar
doirasida;
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar,
agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan
ta’minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lsa;
6) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin
xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer
xo‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida qoladigan foyda summasi;
7) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul
mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la
beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik
sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti va sovg‘alar;
8) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi
uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti;
9) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun
tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar;
10) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli
bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan:
- qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya
qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik
shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
244
- yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni;
- ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq
bitim tuzilgan taqdirda, turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlar
mustasno.
11) uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan
hayvonlarni (qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliq va
boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki
qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va
qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik
mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali
bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno. Mazkur daromadlar
soliq to‘lovchi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik
shirkatlarining boshqaruvlari tomonidan berilgan, realizatsiya qilingan
mahsulot soliq to‘lovchi tomonidan unga yoki uning oila a’zolariga
ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan
shakldagi hujjatni taqdim etgan taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi
agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
12) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan
buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;
13) yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida eng kam ish haqining
olti baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi:
- xodimlar natura shaklida olgan sovg‘alar;
- ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari bo‘lgan ishlamayotgan
pensionerlar va mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar, vafot etgan
xodimning oila a’zolari tomonidan olingan sovg‘alar va boshqa
turlardagi yordam.
14) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek
tekin olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot
va san’at asarlarining, adabiyot va san’at asarlari ijrochilarining,
shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining
merosxo‘rlariga (huquqiy vorislariga) to‘lanadigan pul mukofotlari
mustasno;
15) davlat zayomining obligatsiyalari bo‘yicha yutuqlar, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha
foizlar, lotereya bo‘yicha yutuqlar;
16) jamg‘arma sertifikatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha
daromadlar, shuningdek banklardagi omonatlar bo‘yicha foizlar hamda
yutuqlar;
245
17) xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakil qilingan
organning xulosasi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining ilmiy-texnika
hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida bevosita jismoniy
shaxsning grant beruvchidan olgan granti summasi.
18) mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining o‘n
ikki baravari miqdori doirasida to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasi,
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, bundan vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning bemor
a’zosini parvarishlash nafaqasi) mustasno, shuningdek fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamg‘armalaridan
jismoniy shaxslarga beriladigan yordam tusidagi to‘lovlar;
19) olingan alimentlar;
20) fuqarolarning sug‘urta tovoni sifatida oladigan summalari;
21) qonun hujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan
miqdorlarda ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan
to‘lanadigan stipendiyalar;
22) uy-joy-kommunal xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha qonun
hujjatlariga muvofiq har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari;
23) davlat pensiyalari;
24) jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha
foiz daromadlari, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari;
25) fuqarolarning soliq solinadigan va O‘zbekiston Respublikasida
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan
yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha
sug‘urta mukofotlari to‘lovi uchun yo‘naltiriladigan ish haqi va boshqa
daromadlarining summalari;
26) yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyoriy
tugatilayotgan tadbirkorlik subyektiga — yuridik shaxsga uning
majburiyatlarini bajarish uchun yo‘naltiriladigan daromadlari
summalari. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan
muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va
faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi va soliq
summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda
undiriladi;
27) quyidagi jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va
boshqa daromadlari summalari:
- yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish,
rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun yoki ko‘p kvartirali uydagi
246
kvartirani rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka
kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun
yo‘naltirilganda;
- qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-
joy qurishni ushbu maqsadlar uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga
muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklarning kreditlari hisobidan amalga
oshirayotgan quruvchi shaxslar, shuningdek ularning mazkur kreditlar
bo‘yicha birgalikdagi qarz oluvchi bo‘lgan oila a’zolari tomonidan
olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni
qoplash uchun yo‘naltirilganda.
Yuqorida ko‘rsatilgan mol-mulk olingan (mol-mulkka bo‘lgan
huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida
sotilsa, mazkur bandda nazarda tutilgan daromadlarga belgilangan
tartibda soliq solinadi.
28) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa
daromadlarining:
- O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun
(o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining
o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy
jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda
yo‘naltiriladigan summalari;
29) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomasi
bo‘yicha) olingan ulushlar, paylar va aktsiyalar tarzidagi daromadlar,
agar mazkur ulushlar, paylar va aktsiyalarni berish yaqin qarindoshlar
o‘rtasida amalga oshirilsa;
30) paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb
qilinadigan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan
daromadlari;
31) aksiyadorlik jamiyatlari chet ellik xodimlarining boshqaruv
xodimi sifatida o‘z faoliyatidan olgan daromadlari.
Soliq solishdan quyidagi jismoniy shaxslar to‘liq ozod qilinadi:
1) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va
xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning
o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa, — O‘zbekiston Respublikasidagi
manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq
bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha;
247
2) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik
muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari hamda ularning o‘zlari
bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,
— O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik
va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari
barcha daromadlari bo‘yicha;
3) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalariga, konsullik
muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar,
agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashamasa, — o‘z xizmati yuzasidan oladigan
barcha daromadlari bo‘yicha;
4) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik
muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy
yashamasa, — o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari
bo‘yicha;
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarning mansabdor shaxslari — agar
ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa, ularning ushbu
tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha;
6) O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda
vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy
xizmatchilari, ichki ishlar organlari hamda bojxona organlarining oddiy
xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, shuningdek
o‘quv yoki sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar —
xizmatni o‘tash (xizmat vazifalarini bajarish) munosabati bilan olgan pul
ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar summalari bo‘yicha;
7) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar,
iqtisodiy, ma’muriy va harbiy sudlar sudyalari, shuningdek prokuratura
organlarining mansab darajalariga ega bo‘lgan xodimlari — ularning
xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlari
bo‘yicha;
8) konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi
litsenziyasi bo‘lgan shaxslar — ushbu faoliyatdan olingan daromadlari
bo‘yicha;
9) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan
shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat
shartnomasiga ko‘ra bajargan ishlari uchun olgan daromadlari bo‘yicha.
248
Quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad
olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari
miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod qilinadi:
1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat
Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar, uchala darajadagi
Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Mazkur imtiyoz tegishincha
«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma,
Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden
daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi
asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun
hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur
imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi
yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli
organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga
(qatnashchilarga) nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan
huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlar, shuningdek I va II guruh
nogironlari. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert
komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
4) sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy
tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar
organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida
yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida
yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy
xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari
va beva xotinlari (beva erlari). Imtiyoz «Halok bo‘lgan askarning beva
xotini (beva eri, onasi, otasi)» yoki «Ichki ishlar organlari halok bo‘lgan
xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» shtampi qo‘yilgan yoxud
pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu
muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya
guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner
bo‘lmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat
xavfsizlik qo‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati
yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari tomonidan berilgan
harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organi xodimining halok
bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni,
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish
249
yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning
boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yoki frontda bo‘lish bilan
bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yoxud
ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga)
imtiyoz faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
5) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz
onalar. Imtiyoz har bir bola uchun Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini
yozish (FHDYo) organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma
asosida beriladi;
6) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor va
boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva
erkaklar. Imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi to‘g‘risidagi
guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, yangi
nikohdan o‘tmaganlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar)
bo‘limining boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olinmasligi
haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi;
7) bolaligidan nogiron bo‘lgan, doimiy parvarishni talab qiladigan
farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biri. Imtiyoz
pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy
parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi, birgalikda
yashashga taalluqli qismida — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Yuqorida nazarda tutilgan imtiyozlar tegishli hujjatlar taqdim
etilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar kalendar yili davomida vujudga
kelgan taqdirda, imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan
e’tiboran qo‘llaniladi.
Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda
tutilgan bir nechta asos bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquqqa ega
bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta imtiyoz beriladi.
Yuqorida nazarda tutilgan imtiyozni qo‘llash jismoniy shaxsning
asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi bo‘lmagan
taqdirda — yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan
jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab
chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. Imtiyozga bo‘lgan huquq
yo‘qotilgan taqdirda, jismoniy shaxs imtiyoz yo‘qotilgan paytdan
e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan
yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak.
250
Yuqorida sanab o‘tilgan imtiyozlar jismoniy shaxslarning foizlar va
dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni
ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga ham tatbiq etiladi. Agar
foizlar va dividendlar asosiy ish joyi bo‘yicha hisoblansa, imtiyozni
qo‘llash asosiy ish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi, agar foizlar va
dividendlar asosiy bo‘lmagan ish joyi bo‘yicha hisoblansa, imtiyoz jami
yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida jismoniy
shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan
qo‘llaniladi. Shunga o‘xshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan
olingan daromadlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hudu-dida
chet ellik jismoniy shaxslarga
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalari hisobga olingan holda,
Soliq kodeksga muvofiq soliq solinadi.
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni undirish o‘zarolik printsipi bo‘yicha tugatilishi yoki
cheklanishi mumkin.
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘ida bunday
bitimlarning shartlariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga
oshiradigan soliq to‘lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik jismoniy
shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha
xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi
izohlar kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
Chet ellik jismoniy shaxsning — O‘zbekiston Respublikasi
rezidentining daromadlariga ushbu bo‘limda belgilangan tartibda
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.
Ko‘chmas mulk, yuridik shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlarining ustav kapitalidagi aktsiyalari va ulushlari (paylari) bir
chet ellik jismoniy shaxs tomonidan boshqa jismoniy shaxsga —
O‘zbekiston Respublikasi rezidentiga yoki norezidentiga, yuridik
shaxsga — O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga realizatsiya qilingan
taqdirda, ushbu daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘ini ushlab qolish majburiyati, agar ushbu moddaning
oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq agenti
deb e’tirof etiluvchi daromadni to‘lash manbaiga (mol-mulkni sotib
oluvchi zimmasiga) yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: |