Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad
solig‘i stavkalari
240
Aholining keng qatlamini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda
ularning real daromadlarini yanada oshirish maqsadida jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi ham pasaytirib
borilmoqda. Buni quyidagi diagramma ma’lumotlari asosida ko‘rib
o‘tish mumkin:
4.3.2-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
stavkalari (quyi va yuqori miqdorlari)ning o‘zgarish dinamikasi
55
2018 yildan jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va
boshqa daromadlaridan soliq stavkasi quyidagi jadval ma’lumotlari
asosida hisoblanadi (4.3.1-jadval).
4.3.1 -jadval
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
STAVKALARI
56
Soliq solinadigan daromad
Soliq stavkasi
eng kam ish haqining bir baravarigacha
miqdorda
daromad summasining 0 foizi
eng kam ish haqining bir baravaridan
(+1 so‘m) besh baravarigacha miqdorda
eng kam ish haqi miqdorining bir baravaridan
oshadigan summaning 7,5 foizi
eng kam ish haqining besh baravaridan
(+1 so‘m) o‘n baravarigacha miqdorda
besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish
haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan
summaning 16,5 foizi
eng kam ish haqining o‘n baravari (+1
so‘m) va undan yuqori miqdorda
o‘n baravar miqdordan soliq + eng kam ish
haqi miqdorining o‘n baravaridan oshadigan
summaning 22,5 foizi
55
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida tayyorlangan.
56
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-son qaroridan olindi.
241
Soliq solinadigan daromadlar guruhlari bo‘yicha soliq solish
shkalasi yil boshida - 2018 yil 1 yanvarda belgilangan eng kam ish haqi
miqdoridan (172 240 so‘m) kelib chiqib belgilanadi va eng kam ish haqi
miqdori yil davomida o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini
hisoblab chiqarish maqsadida eng kam ish haqining miqdori yil
boshidan ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi (yil boshidan
tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi).
Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, byudjetga
to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi
fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga
o‘tkaziladigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
solinadigan daromadlaridan "0" stavka bo‘yicha soliq solinadigan
daromad (eng kam ish haqining bir baravari) chegirilgan holda 2%
miqdorida hisoblab chiqariladigan har oylik majburiy badallar
summasiga kamaytiriladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq eng kam stavka bo‘yicha soliq
solinadigan jismoniy shaxslarning alohida daromadlariga soliq solish
maqsadlarida eng kam stavka 7,5 foiz miqdorida qabul qilinadi.
Jismoniy shaxsning — O‘zbekiston Respublikasi norezidentining
O‘zbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan,
daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar bo‘yicha
soliq solinadi:
- dividendlar va foizlarga — 10 foiz;
- Soliq kodeks 155-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga muvofiq
belgilanadigan xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko‘rsatishdan
olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) — 6 foiz;
- mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy tusdagi
shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlarga, ushbu qismning ikkinchi
va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilmagan boshqa daromadlarga — 20
foiz.
To‘lov manbaida soliq solish to‘lov O‘zbekiston Respublikasi
hududida yoki uning hududidan tashqarida sodir etilganligidan qat’i
nazar amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga belgilangan eng kam
stavka bo‘yicha soliq solinadi:
- baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
koeffitsientlar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar tariqasida olingan
242
daromadlarga. Bunda cho‘l va suvsiz joylarda, baland tog‘li va tabiiy-
iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun yuridik shaxslar
xodimlarining ish haqiga koeffitsientlar hisoblashning eng yuqori
summasi hisoblash paytidagi holatga ko‘ra belgilangan eng kam ish
haqining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi;
- korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik
qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan jismoniy shaxslarning shu ishlarni
bajarishdan olingan daromadlariga bundan Soliq kodeksning 179-
moddasi 33-bandida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslarning daromadlari
mustasno.
- mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga;
- jismoniy shaxslardan tekin olingan ulushlar, paylar va aktsiyalar
tarzidagi daromadlarga;
- jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan
ko‘chmas mulkni sotishdan olingan daromadlarga.
Soliq kodeksining 179-moddasiga
muvofiq jismoniy shaxslarning quyidagi
daromadlariga soliq solinmaydi:
1) moddiy yordam summalari:
- favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam
summalari — to‘laligicha;
- vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot
etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam
summalari — eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda;
- Soliq kodeksning 178-moddasida ko‘rsatilgan boshqa hollarda, —
soliq davri uchun eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha
miqdorda.
2) yo‘llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to‘liq yoki
qisman qoplash summalari, turistik yo‘llanmalar bundan mustasno:
- O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va
sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar qiymatini nogironlarga,
shu jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan nogironlarga to‘liq yoki
qisman qoplash summalari;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar
oromgohlari va boshqa sog‘lomlashtirish oromgohlari, shuningdek
sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalariga o‘z xodimlarining
o‘n olti yoshga to‘lmagan (o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar)
bolalari uchun yo‘llanmalar qiymatini to‘liq yoki qisman qoplash
summalari;
Dostları ilə paylaş: |