Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

 
4.3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
Ma’lumki, soliq qonunchiligida so-
liqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchilar 
ikkiga bo‘lingan, ya’ni yuridik va 
jismoniy shaxslarga. Jismoniy shaxslarga 
– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, 
chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar kiradi. Soliq solish 
maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi.
Soliq kodeksining 19-moddasiga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida 
yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida 
jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O‘zbekiston 
Respublikasida turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining 
rezidenti deb qaraladi. 
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning 
quyidagilar sifatida turgan davri uning O‘zbekiston Respublikasi 
hududida haqiqatda turgan vaqtiga kiritilmaydi: 

diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo‘lgan shaxs sifatida;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko‘ra 
tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida;

diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo‘lgan shaxslarning 
oila a’zosi sifatida, bunday jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirmagan taqdirda; 

faqat bir chet davlatdan boshqa chet davlatga O‘zbekiston 
Respublikasi hududi orqali o‘tish (tranzit o‘tish) uchun;

agar bu jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasida faqat turist 
sifatida, davolanish yoki dam olish maqsadlari bilan turgan bo‘lsa. 
Jismoniy shaxslardan oli-
nadigan daromad solig‘i-
ning mohiyati, soliq to‘-
lovchilar, soliq obyekti va 
bazasi


228
Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida byudjet tushumlaridan 
salmoqli o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘idir. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
1991 yilning mart oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining 1991 
yil 15 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad 
solig‘i to‘g‘risida»gi Qonuni asosida joriy etilgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – davlat byudjeti 
daromadlarining asosiy manbalaridan biri bo‘lib, u umumdavlat soliqlari 
tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, soliq jismoniy 
shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi. 
Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar va yig‘imlar 
davlat byudjeti daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining byudjeti 
daromadlaridagi salmog‘ini tahlil etar ekanmiz, ushbu ko‘rsatkich 2004 
yilda 12,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2008 yilda 12.5 foiz bo‘lgan. 2017 
yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti 
daromadlarining 10.1 foizini, to‘g‘ri soliqlardagi ulushi esa 41.9 foizni 
tashkil etmoqda (4.3.1-diagramma).

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin