223
butun maydon uchun yuqorida ko‘rsatilgan oshirish koeffitsientlarini
qo‘llagan holda to‘lanadi.
Soliq kodeksining 291-moddasiga muvofiq Tadbirkorlik faoliyatida
foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli
imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar,
joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi
tadbirkorga ijaraga
berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash
uchun mo‘ljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy
shaxslardan yer solig‘i yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini
to‘lash uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi hamda Soliq
kodeksning 290-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan
tatbiq etilmaydi, bundan ushbu moddaning
ikkinchi qismida nazarda
tutilgan hollar mustasno.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda
joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab
chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan
taqdirda, yer solig‘i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka
bo‘yicha to‘lanadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uylarni obodonlashtirish uchun
berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi
ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga
oshirilmagan taqdirda
yer solig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch baravar miqdorda
to‘lanadi.
Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagi jismoniy shaxslar yer solig‘idan
ozod qilinadilar:
1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat
Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat
ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz «O‘zbekiston
Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi
Qahramoni va
Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki
mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi
asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun
hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur
imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli
guvohnomasi
yoki mudofaa ishlari bo‘limining yoxud boshqa vakolatli organning
ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa
nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi
guvohnoma asosida beriladi;
224
3) I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi
yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida
beriladi;
4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari
bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida
uyda birga yashovchi
pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz
pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar)
bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri
yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan
beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida
boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining
ma’lumotnomasi asosida beriladi;
6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok
etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu
jumladan vaqtincha
yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolar. Mazkur imtiyoz
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning
maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish
ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar
tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bo‘ladigan boshqa
hujjatlar asosida beriladi;
Yuqorida belgilangan imtiyozlar, bundan 5-bandda ko‘rsatilgani
mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligi yuritish
uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini
davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tgan
jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur imtiyozlar soliq
to‘lovchining tanlashi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi
mumkin.
Yer solig‘ini hisoblab chiqarish davlat
soliq xizmati organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘lgan
jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.
Soliq kodeksning 290-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlarni olish
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat
Dostları ilə paylaş: