225
soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi
hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
Yer solig‘i summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov
xabarnomasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslarga
imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi
olinganligini va olingan
sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay
topshiriladi. (11-ilova)
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o‘zgarganda va imtiyozlarga
bo‘lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda)
davlat soliq
xizmati organlari mazkur o‘zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig‘ini
qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to‘lovchiga yer solig‘i summasi va
uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan yangi yoki qo‘shimcha to‘lov
xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
Yer solig‘i yer uchastkasining
mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan
foydalanuvchi yoki
ijarachining yashash
joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki
shaharning mahalliy byudjetiga to‘lanadi.
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy
shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan
keyingi oydan
e’tiboran to‘lanadi.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig‘ini to‘lash
yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi (kamaytiriladi).
Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda,
bu soliq
imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Yer solig‘i
bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq
mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lana
boshlaydi.
Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i yer
uchastkasidan foydalanish faktidan qat’i nazar,
jismoniy shaxslar
tomonidan to‘lanadi.
Soliq davri uchun yer solig‘i to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan
hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.
Yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar davlat soliq xizmati
organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining
harakatlari
ustidan davlat soliq xizmatining yuqori organlari yoki sudga shikoyat
qilish huquqiga egadirlar. Davlat soliq xizmati organlari soliqning
to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi
ustidan belgilangan
qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: