Jismoniy shaxslar-
ning jami daromad-
lari tarkibi
230
4) boshqa daromadlar.
Yuridik shaxslar amalga oshiradigan quyidagi xarajatlar jismoniy
shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi:
1) mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan
xodimlarni mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho‘r suv, shaxsiy
himoya va gigiena vositalari bilan ta’minlash xarajatlari;
2) kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan
to‘lovlar, shu jumladan a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi
a’zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi
qo‘mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun
beriladigan pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar mustasno;
3) xodimlarni ish joyiga olib kelish va qaytarib olib ketish
xarajatlari;
4) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini
o‘tkazish, vakillik xarajatlari, shahar yo‘lovchilar transportida
xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yo‘l
kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning
mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq hamda
muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa
xarajatlar;
5) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus
kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki
ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan
xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim
toifadagi xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida oziq-
ovqat bilan ta’minlash xarajatlari;
6) xodim boshqa joyga ishga o‘tkazilganda yoxud ko‘chib borganda
ko‘chish, mol-mulkini ko‘chirib borish, joy ijarasi (yo‘l xarajatlari
uchun beriladigan pul) bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash yoki bu
xarajatlarning o‘rnini qoplash xarajatlari;
7) xizmat safarlaridagi quyidagi kompensatsiya to‘lovlari:
- tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u
yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq
to‘lashni qo‘shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yo‘l
hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, temir yo‘l transportidagi (agar temir yo‘l
qatnovi bo‘lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo‘l haqi qiymati
miqdorida, biroq aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan
miqdorda;
231
- uy-joyni ijaraga olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan
to‘lovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda —
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;
- tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun to‘lovlar;
- qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida xizmat safarida
bo‘lingan vaqt uchun to‘lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq
(sutkalik pullar);
- qonun hujjatlarida belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan
boshqa to‘lovlar;
8) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga
to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar):
- doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov
tusiga ega bo‘lgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda
xodimga kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar);
- xizmat ishlari uchun shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari
mustasno;
- dala ta’minoti;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar bo‘yicha
boshqa kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan Soliq
kodeksning 174 va 178-moddalarida ko‘rsatilganlari mustasno;
9) mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast
yetganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha quyidagi
miqdordagi to‘lovlar:
- jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha
oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat
qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik
to‘lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lib qolgan
taqdirda, zararning o‘rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib
chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish
haqining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi);
- maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‘shimcha
xarajatlar uchun oyiga eng kam ish haqining ikki baravari miqdoridagi
to‘lovlar;
- jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo‘shimcha xarajatlar
tariqasida har oyda eng kam ish haqining ellik foizi miqdoridagi
to‘lovlar;
232
- xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish
beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida
jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi to‘lovlar;
10) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi
miqdordagi to‘lovlar:
- marhumning o‘rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining
qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni
undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘g‘ri
keladigan ulushi miqdoridagi to‘lovlar;
- boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga
haqli bo‘lgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida
marhumning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi
to‘lovlar;
11) talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasining
oliy o‘quv yurti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-
kontrakt asosida o‘tkaziladigan to‘lovlar;
12) O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish
uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga hayotni uzoq
muddatli sug‘urtalash bo‘yicha to‘lanadigan sug‘urta mukofotlari.
Hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash shartnomasi muddatidan ilgari
bekor qilinganda va sug‘urtalovchi sug‘urta qilinuvchiga sug‘urta
mukofotining bir qismini yoki hammasini qaytarsa, qaytarilgan sug‘urta
mukofoti miqdori jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi
tarkibiga kiritiladi;
13) yuridik shaxsdan — ish beruvchidan:
- yosh oilalar a’zolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan
mablag‘lar;
- qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-
joy qurish uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga
yuklatilgan banklar tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan
ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal sifatida quruvchi shaxs
tomonidan olingan mablag‘lar.
Uy-joy olingan (mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida sotilsa, ushbu bandda
ko‘rsatilgan daromadlarga belgilangan tartibda soliq solinadi.
14) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
xarajatlari.
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan
mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan
233
jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar
mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:
- mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga
muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib
chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
- ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar;
- Soliq kodeksning 173-moddasiga muvofiq rag‘batlantirish
xususiyatiga ega to‘lovlar;
- Soliq kodeksning 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya
to‘lovlari (kompensatsiya);
- Soliq kodeksning 175-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt
uchun haq to‘lash.
Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham
kiradi:
- predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘lgan
fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy
shaxslarga (Soliq kodeks 169-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan
daromadlar bundan mustasno) to‘lovlar;
- yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki
boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi
tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
- O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda
vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik
xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy
askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi
(xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul
ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar.
Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar jumlasiga quyidagilar
kiradi:
1) yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofot;
2) yuridik shaxsning mukofotlash to‘g‘risidagi qoidasida nazarda
tutilgan rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va
maoshlarga ustamalar;
4) ta’tilga qo‘shimcha haqlar hamda Soliq kodeks 178-moddasining
14-bandida nazarda tutilmagan moddiy yordam;
5) ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‘lovlar;
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to‘lov.
234
7) mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la beriladigan
mukofotlar.
Mehnatga haq to‘lash tarzida daromadga kiritiladigan
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar
kiradi:
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlar bilan
bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog‘li,
cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsientlar
bo‘yicha to‘lovlar);
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, o‘ta zararli
mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday
sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish
vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan)
kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga
ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar;
4) ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda,
lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi,
bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir
qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik
uchun ustamalar;
5) doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov
tusiga ega bo‘lgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarni vaxta
usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun
hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to‘lanadigan ustamalar;
6) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yig‘ilish punktidan) ishlash
joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda
tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan taqdirda yo‘lga ketadigan kunlar,
shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport
tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif
stavkasi, maosh miqdorida to‘lanadigan summalar;
7) yer osti ishlarida doimiy band bo‘lgan xodimlarga ularning
stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada
(konda) harakatlanishining me’yoriy vaqti uchun to‘lanadigan
qo‘shimcha haqlar;
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala
ta’minoti;
235
9) xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan
normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar);
10) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti
umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida
belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan
davomiyligidan ortiq ishlaganliklari munosabati bilan beriladigan dam
olish kunlari (otgullar) uchun to‘lovlar;
11) xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki
xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida
belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to‘lovlar;
12) mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast
yetganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun Soliq kodeks
171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan
ortiqcha olingan summalar;
13) oziq-ovqat va yo‘l chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va
yo‘l chiptalarining qiymatini qoplash.
Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lashga quyidagilar kiradi:
1) qonun hujjatlariga muvofiq:
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’tilga haq to‘lash, shuningdek
ushbu ta’tildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat
shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya to‘lash;
b) noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‘ir va
noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim
tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qo‘shimcha ta’tilga haq to‘lash;
v) o‘qish bilan bog‘liq ta’tilga va ijodiy ta’tillarga haq to‘lash;
g) o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti
yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollarga berilgan qo‘shimcha
ta’tilga haq to‘lash;
2) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda
bo‘lgan xodimlarga beriladigan to‘lovlar;
3) donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon
topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun
haq to‘lash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki
jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq to‘lash;
5) qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan
xodimlarning asosiy ish joyi bo‘yicha saqlab qolinadigan ish haqi;
6) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyida lavozim bo‘yicha
maoshi miqdorlari ma’lum bir muddat davomida saqlab qolingan holda
236
ishga olingan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turganda
xodimlarga maoshdagi farqni to‘lash;
7) yuridik shaxslarning xodimlariga kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o‘qishlari vaqtida
asosiy ish joyi bo‘yicha ularga to‘lanadigan ish haqi;
8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lash;
9) mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarga qo‘shimcha
haq to‘lash;
10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki yuridik shaxsning qarori bilan
majburiy progul vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganlik
uchun haq to‘lash;
11) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga,
onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga,
shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash;
12) yuridik shaxslarning asosiy ishidan ozod qilingan va ozod
qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish uchun hamda o‘quvchilar va talabalarning
ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan
yuqori malakali xodimlari mehnatiga haq to‘lash;
13) yuridik shaxsning mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan pensiyalar
va nafaqalarga qo‘shimchalar, stipendiyalar;
14) oliy o‘quv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga
ta’til vaqti uchun yuridik shaxs hisobidan to‘lanadigan nafaqalar;
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar
kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan
mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni
realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish
qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni olish
qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni
realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa, kadastr qiymati
hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi farq daromad deb e’tirof
etiladi;
5) sanoat mulki obyektlariga, selektsiya yutug‘iga berilgan patent
(litsenziya) egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning patentdan boshqa shaxs
237
foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan
daromadi;
6) royalti;
7) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘laganidan keyin xususiy
korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer xo‘jaligi
boshlig‘i ixtiyorida qoladigan foyda summasi.
Soliq to‘lovchi tomonidan yuridik shaxsdan moddiy naf tarzida
olingan daromadlar, agar Soliq kodeks 171-moddasining ikkinchi
qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilardir;
1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko‘zlab,
tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to‘lash, shu
jumladan:
- jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim
muassasalarida o‘qitish, tarbiyalash;
- kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-
joydan foydalanish xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki
ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;
- sanatoriy-kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam
olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki
ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash;
- yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bo‘lgan boshqa
xarajatlari;
2) soliq to‘lovchining manfaatlarini ko‘zlab tekinga, shu jumladan
hadya shartnomasi asosida berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati;
3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya
qilinadigan narxi va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ushbu
moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab
chiqarilgan qiymati o‘rtasidagi salbiy tafovut;
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo‘l, aviatsiya,
daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo‘yicha
beriladigan imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik
shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
6) ish beruvchi tomonidan to‘lovlar hisobiga to‘lanib, xodimdan
ushlab qolinishi lozim bo‘lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Soliq to‘lovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olgan
taqdirda, ushbu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni
olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
238
Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan aktsiz to‘lanadigan tovarlar yoki
qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa,
bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatida aktsiz solig‘ining va
qo‘shilgan qiymat solig‘ining tegishli summasi hisobga olinadi.
Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar
kiradi:
1) pensiyalar va qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar;
2) stipendiyalar;
3) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xayriya va
ekologiya jamg‘armalari tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan
nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam;
4) donorlik uchun pul mukofotlari;
5) alimentlar;
6) hayvonlarni (qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni,
baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini
xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va
dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan
olingan daromadlar;
7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari
bo‘yicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;
8) musobaqalarda, ko‘riklarda, tanlovlarda sovrinli o‘rinlar uchun
beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;
9) yutuqlar;
10) grant beruvchidan olingan grantlar, shu jumladan chet davlatlar
grantlari bo‘yicha olingan summalar;
11) jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha
olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamg‘arib boriladigan
pensiya to‘lovlari;
12) yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun
jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;
13) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul
mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la
beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik
sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti va sovg‘alar;
14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi
uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti;
239
15) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan
bo‘shatish nafaqasi va boshqa to‘lovlar;
16) moddiy yordam tariqasida:
- vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot
etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan to‘lovlar;
- xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligi yoxud
sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq to‘lovlar;
- favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan to‘lovlar;
- bola tug‘ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi
munosabati bilan beriladigan to‘lovlar;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish
uchun mablag‘lar berish tarzidagi to‘lovlar.
17) qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlari haqini
to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari;
18) ishlamaydigan pensionerlarga yuridik shaxs tomonidan
to‘lanadigan to‘lovlar;
19) sug‘urta tovoni summalari;
20) ma’naviy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha pul to‘lovlari.
Jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘i ko‘pgina mamlakatlardagi
singari O‘zbekistonda ham progressiv soliq
hisoblanadi. Ushbu soliq stavkalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga ko‘ra jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlar va boshqa daro-
madlariga solinadigan tabaqalashgan progressiv soliq stavkalari;
jismoniy shaxslarning dividend va foiz tariqasida oladigan
daromadlariga soliq stavkasi;
norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov manbaida
solinadigan soliq stavkalari;
imtiyozli soliq stavkalar.
Soliq qonunchiligiga binoan 1998-yildan respublikamizda jismoniy
shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlaridan
soliq stavkasi 15, 25, 35, 40, 45 foiz, ya’ni 5 pog‘onali qilib belgilandi.
2000 yildan boshlab 4 pog‘onali, ya’ni 15, 25, 36, 40 foiz, 2001 yildan
esa 3 pog‘analiga o‘tildi, uning stavkasi 12, 25, 30 foiz qilib belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |