Davlat byudjeti
soliqsiz
daromadlarining
k
l
i hi
277
standartlar va texnik shartlardan chetlashgan holda tayyorlangan
mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tushumlar summasi;
narxlarni qo‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar;
jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bo‘lgan
shaxslardan undiriladigan summalar.
7.
Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, shu jumladan:
davlat kreditlari bo‘yicha foizlar;
davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar;
markazlashtirilgan eksportdan tushumlar summasi;
tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar.
8.
Boshqa turli soliqsiz tushumlar.
Byudjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga ko‘ra (muayyan
darajadagi byudjetga kiritish), jalb qilish va shakllantirish usuliga ko‘ra
(majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz tushumlarini shakllantiradigan
to‘lovlarni undirishning konkret asoslariga ko‘ra (davlat mulkini
sotishdan olingan daromadlar) tasniflanadi.
Soliqlar va soliqsiz to‘lovlarning ko‘pgina o‘xshash tomonlari bilan
birga qator farqli tomonlari ham mavjud.
Pul mablag‘larining muayyan qismi davlat xazinasiga soliqsiz
to‘lovlar tarzida kelib tushadi. Ular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
singari davlatning qonun chiqaruvchi idorasi tomonidan belgilanadi.
Shu bilan birga soliqlar va soliqsiz to‘lovlar o‘rtasida muayyan
farqlar mavjud. Jumladan, bu farqlarni quyidagilardan iborat, deb
belgilash mumkin:
soliqsiz to‘lovlar soliqlardan farq qilib, ikki tomonlama huquq va
burchlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, faoliyatning muayyan
turi bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyalarni olish
maqsadida belgilangan to‘lovlarning amalga oshirilishi boshqa shartlar
bajarilgani taqdirda vakolatli ruxsatnomani berishi lozim bo‘ladi;
soliqlardan farq qilib, soliqsiz to‘lovlar ko‘pchilik hollarda
majburiy ravishda to‘lanmaydi. Soliq esa uni to‘lash obyekti mavjud
bo‘lganida to‘lanadi;
soliqlardan farq qilib, soliqsiz to‘lovlar muayyan maqsadga
mo‘ljallanadi hamda ana shu maqsadda undan foydalanish lozim.
Soliqsiz to‘lovlar respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar
daromadlarida jamlanadi. Ushbu mahalliy soliqlar va yig‘imlarning
to‘lovchilar doirasi, soliq solish obyektlari, soliq va yig‘imlar yuzasidan
278
engillik va imtiyozlar, soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va
to‘lash tartibi amaldagi soliq qonunchiligi bilan belgilanadi.
Soliqsiz to‘lovlar hududiy belgisiga ko‘ra: umumdavlat miqyosidagi
va mahalliy to‘lovlarga; shakllanish usuliga ko‘ra: majburiy va ixtiyoriy;
jamlanish usuliga ko‘ra: davlat byudjetida yoki byudjetdan tashqari
jamlanadigan turlarga bo‘linadi.
Soliqsiz to‘lovlar undirish asoslariga ko‘ra quyidagi turlarga
bo‘linadi:
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar. Bu to‘lovlarning
tabiiy resurslardan tejamkorona, samarali foydalanishda ahamiyati
kattadir;
davlat idoralari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga
huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan
to‘lovlar. Ular jumlasiga:
tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyat tufayli bojxona idoralariga
to‘lanadigan to‘lovlar;
sud va boshqa huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinganda
to‘lanadigan davlat boji;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, litsenziya (ruxsatnoma) olish va
tovarlar uchun sertifikatlar olishdagi to‘lovlar;
bozorlar, yarmarkalar va boshqa savdo shaxobchalaridan
olinadigan bir martalik patta to‘lovlari;
qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish, lotereya o‘yinlarini
o‘tkazish uchun to‘lovlar;
davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan daromadlar;
jarima tarzidagi to‘lovlar (jarimalar, penyalar va boshqalar).
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli
bo‘lgan mulklarni sotish va xususiylashtirish natijasida olingan
daromadlarni, davlatning tashqi-iqtisodiy faoliyatidan olingan
daromadlarni va xorijiy davlatlardan qaytarib bermaslik sharti bilan
olinadigan pul mablag‘larini kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Umuman olganda, soliqsiz daromadlarning zarurligi quyidagi
omillar bilan belgilanadi:
1.
Davlatga tegishli mulklardan foydalanish samaradorligining
pasayishi natijasida davlat sektoriga tegishli korxonalarning moliyaviy
holatini yaxshilash maqsadida ularni xususiylashtirishning zarurligi;
Davlat sektoriga mansub bo‘lgan korxonalarning faoliyati ko‘pchilik
hollarda xususiy sektor korxonalariga nisbatan samarasiz bo‘ladi.
Shvetsiya, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlarining amaliyotida bunday
279
holatlar bir necha marotaba kuzatilgan. Masalan, XX asrning 90-yillari
oxirida Buyuk Britaniyada davlat sektoriga mansub bo‘lgan
korxonalarning sezilarli qismi moliyaviy yilni zarar bilan yakunladi. 1998
yilda eng yirik davlat korxonalaridan biri «British telekom»
xususiylashtirildi. Uning aksiyalarining bozor bahosi 6,9 mlrd. funt
sterlingni tashkil etar edi.
XX asrning 90-yillarining ikkinchi yarmida Fransiyada davlat
mulkini xususiylashtirish natijasida 7,0 mln. kishi aksiyadorlarga
aylandi. Umuman olganda, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga
a’zo bo‘lgan mamlakatlarda davlat sektorining defitsiti 1999 yilda yalpi
milliy mahsulotning 4,5 foizini tashkil qildi.
61
Davlat korxonalarini xususiylashtirish ular faoliyatining moliyaviy
barqarorligini oshishiga, iste’mol bozorini tovarlar bilan to‘ldirilishini
ta’minlashga, ishsizlik muammosini hal qilishga hamda o‘rta va uzoq
muddatli davriy oraliqlarda soliq tushumlarini ko‘paytirishga sezilarli
darajada hissa qo‘shadi.
2.
Davlat byudjeti daromadlarining miqdorini oshirish zaruriyatining
yuzaga kelishi.
Davlat byudjeti xarajatlarini sezilarli darajada o‘sishi, davlatning
iqtisodiy xarajatlarini oshirish zaruriyatini paydo bo‘lishi hukumatga
soliqsiz daromadlarni oshirish tadbirlarini ishlab chiqarish zaruriyatini
yuzaga keltiradi. Ana shu maqsadda davlatga tegishli mulklarni sotish,
davlatga tegishli xorijiy valutalar va nodir metallarni xorijiy moliya
bozorlarida joylashtirish yo‘li bilan daromadlar olish va xorijiy
tashkilotlarning moliyaviy yordamlarini jalb qilish zaruriyatini yuzaga
keltiradi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasida hukumatga tegishli
oltin-valuta zaxiralarining ma’lum qismi xalqaro moliya bozorlarida
muddatli depozit shaklida joylashtiriladi va undan foiz ko‘rinishda
daromad olinadi. Bundan tashqari, soliqsiz daromadlardan davlat
byudjeti taqchilligini kamaytirish maqsadida ham faol tarzda
foydalanish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 25 dekabridagi 567-sonli «O‘zbekiston
Respublikasining 2004 yilgi davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi
qaroriga muvofiq 2004 yilda davlat byudjeti defitsitini faqat
qadrsizlanmaydigan (noinflyatsion) manbalar, shu jumladan davlat
mulkini xususiylashtirishdan olinadigan tushumlar hisobidan
moliyalashtirishni ta’minlash ko‘zda tutilgan edi.
62
61
Mariette D. Bercy report a zero sur le dossier du Gredit Jonciur. //Tribune. -P., 1998. –Sept., p.9.
62
Soliqlar va bojxona xabarlari.
№
4 (496), 2004 y. 23 yanvar.
280
Rivojlangan xorijiy davlatlar ichida Yaponiya soliqsiz
daromadlarning davlat byudjeti daromadlarining hajmidagi salmog‘ining
yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu ko‘rsatkich Yaponiyada 15 foizni
tashkil etadi. Yaponiya mahalliy byudjetlari daromadlarining 25
foizgacha bo‘lgan qismi soliqsiz daromadlardan tashkil topadi.
Yaponiya byudjet qonunchiligiga muvofiq soliqsiz daromadlar tarkibiga
quyidagi daromadlar kiritiladi:
ijara to‘lovlari;
davlatga tegishli yer maydonlari va boshqa qo‘zg‘almas mulklarni
sotishdan olingan daromadlar;
jarimalar;
obligatsiyalarni sotishdan olingan tushumlar;
yutuqli lotereyalarni sotishdan olingan tushumlar;
o‘tgan yillarda ishlatilmay qolgan byudjet mablag‘lari.
63
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari daromad manbalari
sifatida nobarqaror va doimiy xususiyatga ega bo‘lgan daromadlar
hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, davlat mulkini
xususiylashtirish jarayoni mohiyatiga ko‘ra nobarqaror jarayon bo‘lib,
xususiylashtirishdan olinadigan daromadlarni nobarqaror bo‘lishiga olib
keladi; ikkinchidan, davlatga tegishli oltin-valuta zaxiralarini bozor
stavkalarida joylashtirish natijasida olinadigan daromadlar
joylashtiriladigan moliyaviy aktivlarning miqdoriga va bozor
stavkalarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lganligi sababli ulardan
olinadigan daromadlarning summasi doimiy ravishda tebranib turadi;
uchinchidan, xorijiy tashkilotlardan va davlatlardan olinadigan
moliyaviy yordamlarning miqdori ularni beruvchilar tomonidan mustaqil
ravishda belgilanadi. Bu esa ularning miqdorini oldindan belgilash
imkonini bermaydi.
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari fiskallik va iqtisodiy
funksiyalarni bajaradi. Ular daromad manbai sifatida nobarqaror bo‘lib,
davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmida nisbatan kichik
salmoqni egallaydi (5.1.1-jadval).
63
Налоговые
системы
зарубежных
стран
. –
М
.: “
Закон
и
право
», 1997.
Стр
. 97
|