Ayrim toifadagi jismoniy
axslar uchun sug‘urta ba-
dallarini hisoblab chiqa-
rish va to‘lashning o‘ziga
xos xususiyatlari
293
2) yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida
bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka
tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) - oyiga eng kam ish
haqining 50 foizi miqdorida;
3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik
shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a'zolari tomonidan:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a'zosi
tomonidan - oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda;
oilaning boshqa a'zolari tomonidan (o‘n sakkiz yoshga
to‘lmaganlar bundan mustasno) - oyiga eng kam ish haqining 50 foizi
miqdorida.
4) qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga
oshirayotgan hunarmandchilik sub'ektlari - «Hunarmand»
uyushmasining a'zolari tomonidan - o‘z faoliyatining dastlabki ikki
yili mobaynida oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
5) «Usta-shogird» maktabi o‘quvchilari tomonidan ularning 25
yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan ish davrida - yiliga eng kam oylik ish
haqining 2,5 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda. Belgilangan
miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi mehnat stajini hisoblab
chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan
dehqon xo‘jaliklarining a'zolari sug‘urta badallarini yiliga eng kam ish
haqining to‘rt yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydi.
Bunda dehqon xo‘jaligining boshlig‘i sug‘urta badallarini majburiy
tartibda, boshqa a'zolari esa, ixtiyoriylik asosida to‘laydi. Belgilangan
miqdordagi sug‘urta badallarining to‘lanishi dehqon xo‘jaligi
a'zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga
olinadi.
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik
sub'ektlari - «Hunarmand» uyushmasining a'zolari sug‘urta badalini
to‘lashdan ozod etiladi, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi
qismlarida ko‘rsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega
bo‘lgan boshqa shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi bo‘lgan
shaxslar uchun esa sug‘urta badalining miqdori uning belgilangan eng
kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur
imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert
komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozga bo‘lgan
huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki bekor bo‘lgan
taqdirda, sug‘urta badallarini qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq
294
vujudga kelgan yoki bekor bo‘lgan oydan e'tiboran amalga oshiriladi.
Sug‘urta badallarini to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan
holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila
a’zolari tomonidan - har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan
oyning 25-kunidan kechiktirmay;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan
dehqon xo‘jaliklarining a’zolari - hisobot yilining 1 oktabrigacha. Bunda
sug‘urta badallarining miqdori to‘lov kuniga belgilangan eng kam ish
haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs
tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga
oshiruvchi oila a’zolari tomonidan sug‘urta badallarini to‘lash ular yakka
tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi
oydan boshlab amalga oshiriladi.
Sug‘urta badallarini to‘lash majburiyati quyidagilarning:
yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik
shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a'zolari uchun — oilaviy
tadbirkorlik sub'ekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor
sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a'zosining;
yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari uchun — ushbu
xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi
tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi.
To‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to‘lovchining
familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va to‘lov
to‘lanayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Bunda oila a'zolari — oilaviy
tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar
bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila a'zosi uchun va
yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-
alohida yoziladi. Agar to‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon
xo‘jaliklari a'zolari uchun — yil) uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallarini hisoblash va ushlab
qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar
oluvchi jismoniy shaxslar sug‘urta badallarini jami yillik daromad
to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi
daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, sug‘urta badallarini to‘lash
295
haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan
bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy ravishda to‘laydi.
O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik
muassasalari xodimlarining, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota
qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning sug‘urta
badallarini to‘lash bo‘yicha majburiyati O'zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Sug‘urta badallarini to‘lash
soliq Kodeksining 310-moddasida tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati soliq Kodeksning 373-
moddasida nazarda tutilgan tartibda vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida
davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi
tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun sug‘urta
badalini hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan har bir yollangan
xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalari
yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr
uchun yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimiga sug‘urta badallarini
hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Agar faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi
tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini davlat
soliq xizmati organiga belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, yakka
tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha sug‘urta badallarini
hisoblash to‘xtatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |