299
Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar har oyda
soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda
hisoblab chiqariladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarning stavkasi
3,2 foiz miqdorida belgilangan.
Davlat maqsadli jamg‘armalariga
majburiy ajratmalarning hisob-kitobi
soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi
davlat soliq xizmati organlariga ortib
boruvchi yakun bilan yilning har
choragida, hisobot davridan keyingi
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik
moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi (15-ilova).
Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar quyidagicha
to‘lanadi:
-Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lovchi
bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - hisob-kitobni
taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
-mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq
to‘lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim
etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Dostları ilə paylaş: