165
Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan
ko‘zlangan maqsad birinchidan, korxonalar o‘zlarining xo‘jalik
faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini
sotishga qiziqishini uyg‘otish bo‘lsa,
ikkinchidan, korxonalar
balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlantirishdan
iborat. Chunki korxonalarning ma’naviy va jismoniy tomondan eskirgan
asosiy vositalarini yangi, ilg‘or texnologiya-uskunalar bilan yangilashi
ishlab chiqarilayotgan tovarlarning
bahosini arzonlashtiradi va
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga imkon beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning balansidagi barcha mulklardan
soliq to‘lashga majbur qilish uni ortiqcha bino, inshootlar, mashina va
uskunalardan qutilishiga undaydi. Bu esa, o‘z
navbatida, ishlab chiqarish
vositalari bozorini shakllantirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga
hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, mol-mulk solig‘i daromad
va mulk taqsimotidagi
nomutanosiblikni bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning davlat
byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi yuqori salmoqqa ega emas.
Hozirgi vaqtda ushbu soliqdan tushumlar O‘zbekiston Respublikasi
davlat byudjetining soliqli daromadlarida 2.2 – 3.4 foiz oralig‘ida
tebranmoqda (3.5.1- diagramma).
Dostları ilə paylaş: