Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Izohlar: 
1. Qat’iy miqdorlarda belgilangan aktsiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda 
mahsulotning sotilish hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‘rib 
chiqilishi mumkin. 
2. "Jeneral Motors O‘zbekiston" AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gaz, 
qimmatbaho metallarga aktsiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
3. Neft mahsulotlari bo‘yicha aktsiz solig‘i summasi mablag‘larni 
uglevodorod xom ashyosi importini moliyalashtirish va ushbu maqsadlarga jalb 
etilgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek milliy valyutani ayirboshlash 
kursi o‘zgarishi munosabati bilan yuzaga keladigan salbiy kurs farqini qoplashga 
maqsadli yo‘naltirgan holda "O‘zneftmahsulot" AJning neftni qayta ishlash 
zavodlari tasarrufida qoladi.


158
Aksiz solig‘i hisob-ki-
toblarini taqdim etish 
va to‘lash tartibi
 
Ayrim rivojlangan davlatlarda, masalan, Fransiyada aksizlar 
tovarlarning natural birligiga nisbatan qat’iy stavkalarda belgilab 
qo‘yilgan
38
.
AQShda aksiz soliqlari Federal ahamiyatga ega bo‘lgan soliq 
hisoblanadi. Lekin ularning davlat byudjeti daromadlarining hajmidagi 
salmog‘i nisbatan kichik. Aksiz solig‘i tamaki va alkogolli 
mahsulotlarga, transport xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Aksiz 
solig‘ining stavkasi 10 foizni tashkil etadi. 
Buyuk Britaniyada aksiz soliqlari egri soliqlarning tarkibida 
salmog‘iga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘idan keyingi o‘rinni egallaydi. 
Aksiz solig‘i yoqilg‘i, alkogol va tamaki mahsulotlariga, transport 
vositalari va xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Uning stavkalari 10 
foizdan 30 foizgacha oraliqda tebranadi. 
Germaniyada aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning asosiy qismi 
Federal byudjetga o‘tkaziladi, faqat pivoga nisbatan joriy qilingan aksiz 
solig‘i bo‘yicha tushumlar federal byudjetga kelib tushmaydi. Aksiz 
solig‘ining stavkalari tovarlarga nisbatan foizlarda va qat’iy summada 
belgilangan. Masalan, sug‘urta bitimlari bo‘yicha aksiz solig‘ining 
stavkasi sug‘urta polisi summasining 12 foiz miqdorida belgilangan. 
Shampan vinosiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi 0,75 litr uchun 2 
evroni tashkil qiladi. 
Rossiya Federatsiyasida 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab, Soliq 
kodeksining 2-qismini kuchga kiritilishi munosabati bilan aksizlarni 
qo‘llash doirasi sezilarli darajada kengaytirildi, ya’ni an’anaviy aksiz 
solig‘i to‘lovchilar qatoriga ulgurji savdo tashkilotlari ham kiritildi. 
Rossiya Federatsiyasida aksiz solig‘ining davlat byudjeti daro-
madlarining manbayi sifatidagi roli juda muhim bo‘lib, u aksiz soliqlari 
bo‘yicha tushum summalarini Federal byudjet daromadlari tarkibidagi 
salmog‘ini yuqori ekanligida namoyon bo‘ladi. Masalan, 2003 yilda 
aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning Rossiya Federal byudjeti 
daromadlari tarkibidagi salmog‘i 9,6 foizni tashkil qildi
39

Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish soliq 
solinadigan bazadan va aksiz solig‘ining 
belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan 
holda amalga oshiriladi.
 
Aksiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston 
Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur 
tovarlardan keyinchalik aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarish 
38
T.Malikov. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. –T.: Akademiya, 2002. 15-bet 
39
Налоги
и
налогообложение

Учебник
. -
Санкт
-
Петербург
: «
ПИТЕР
», 2003. 
С
.190 


159
uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston 
Respublikasi hududida to‘langan aksiz solig‘i summasi chegirib 
tashlanadi. 
Aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur 
tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini hisobvaraq-
fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan aksiz to‘lanadigan 
tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada 
ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksiz solig‘ining mazkur summasi chegirib 
tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan 
tovarlar hajmiga to‘g‘ri keladigan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) 
hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aksiz solig‘ining hisobvaraq-
fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga 
nisbatan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi qoidalar qayta ishlashga berilgan xom ashyo va 
materiallardan tayyorlangan aksiz to‘lanadigan tovarlar 
topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aksiz to‘lanadigan xom 
ashyo va materiallarning mulkdori aksiz solig‘i to‘laganligini tasdiqlashi 
sharti bilan qo‘llaniladi. 
Aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi 
davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, soliq davridan 
keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa 
yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi (5-
ilova). 
Soliq to‘lovchilar soliq davri mobaynida joriy to‘lovlarni kiritish 
orqali aksiz solig‘ini to‘laydilar.
Aksiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini aniqlash uchun 
soliq to‘lovchilar joriy soliq davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat 
soliq xizmati organiga joriy soliq davri uchun aksiz to‘lanadigan 
tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmi hamda aksiz 
solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan aksiz 
solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Aksiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 10-kunidan 
kechiktirmay yil choragi bo‘yicha aksiz solig‘i summasining uchdan bir 
qismi miqdorida to‘lanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin 
qilinayotgan hajmidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan aksiz 
solig‘i summasi soliq davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz 
solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, 
davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni byudjetga to‘lanishi lozim 


160

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin