158
Aksiz solig‘i hisob-ki-
toblarini taqdim etish
va to‘lash tartibi
Ayrim rivojlangan davlatlarda, masalan, Fransiyada aksizlar
tovarlarning natural birligiga nisbatan qat’iy stavkalarda belgilab
qo‘yilgan
38
.
AQShda aksiz soliqlari Federal ahamiyatga ega bo‘lgan soliq
hisoblanadi. Lekin ularning davlat byudjeti daromadlarining hajmidagi
salmog‘i nisbatan kichik. Aksiz solig‘i tamaki va
alkogolli
mahsulotlarga, transport xizmatlariga nisbatan joriy qilingan.
Aksiz
solig‘ining stavkasi 10 foizni tashkil etadi.
Buyuk Britaniyada aksiz soliqlari egri soliqlarning tarkibida
salmog‘iga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘idan keyingi o‘rinni egallaydi.
Aksiz solig‘i yoqilg‘i, alkogol va tamaki mahsulotlariga, transport
vositalari va xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Uning stavkalari 10
foizdan 30 foizgacha oraliqda tebranadi.
Germaniyada aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning asosiy qismi
Federal byudjetga o‘tkaziladi, faqat pivoga nisbatan joriy qilingan
aksiz
solig‘i bo‘yicha tushumlar federal byudjetga kelib tushmaydi. Aksiz
solig‘ining stavkalari tovarlarga nisbatan foizlarda va qat’iy summada
belgilangan. Masalan, sug‘urta bitimlari bo‘yicha aksiz solig‘ining
stavkasi sug‘urta polisi summasining 12 foiz miqdorida belgilangan.
Shampan vinosiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi 0,75 litr uchun 2
evroni tashkil qiladi.
Rossiya Federatsiyasida 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab, Soliq
kodeksining 2-qismini kuchga kiritilishi munosabati bilan aksizlarni
qo‘llash doirasi sezilarli darajada kengaytirildi, ya’ni an’anaviy aksiz
solig‘i to‘lovchilar qatoriga ulgurji savdo tashkilotlari ham kiritildi.
Rossiya Federatsiyasida aksiz solig‘ining davlat byudjeti daro-
madlarining manbayi sifatidagi roli juda muhim bo‘lib, u aksiz soliqlari
bo‘yicha tushum summalarini Federal byudjet daromadlari tarkibidagi
salmog‘ini yuqori ekanligida namoyon bo‘ladi. Masalan, 2003 yilda
aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning Rossiya Federal byudjeti
daromadlari tarkibidagi salmog‘i 9,6 foizni
tashkil qildi
39
.
Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish soliq
solinadigan bazadan va aksiz solig‘ining
belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan
holda amalga oshiriladi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston
Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur
tovarlardan keyinchalik aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarish
38
T.Malikov. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. –T.: Akademiya, 2002. 15-bet
39
Налоги
и
налогообложение
.
Учебник
. -
Санкт
-
Петербург
: «
ПИТЕР
», 2003.
С
.190
159
uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston
Respublikasi hududida to‘langan aksiz solig‘i
summasi chegirib
tashlanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur
tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini hisobvaraq-
fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan aksiz to‘lanadigan
tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada
ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksiz solig‘ining mazkur summasi chegirib
tashlanmaydi.
Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan
tovarlar hajmiga to‘g‘ri keladigan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo)
hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aksiz solig‘ining hisobvaraq-
fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan
summasiga
nisbatan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi qoidalar qayta ishlashga berilgan xom ashyo va
materiallardan tayyorlangan aksiz to‘lanadigan tovarlar
topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aksiz to‘lanadigan xom
ashyo va materiallarning mulkdori aksiz solig‘i to‘laganligini tasdiqlashi
sharti bilan qo‘llaniladi.
Aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi
davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida,
soliq davridan
keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa
yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi (5-
ilova).
Soliq to‘lovchilar soliq davri mobaynida joriy to‘lovlarni kiritish
orqali aksiz solig‘ini to‘laydilar.
Aksiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini aniqlash uchun
soliq to‘lovchilar joriy soliq davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat
soliq xizmati organiga joriy soliq davri uchun aksiz to‘lanadigan
tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmi hamda aksiz
solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan aksiz
solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Aksiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 10-kunidan
kechiktirmay yil choragi bo‘yicha aksiz solig‘i summasining uchdan bir
qismi miqdorida to‘lanadi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya
qilishning taxmin
qilinayotgan hajmidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan aksiz
solig‘i summasi soliq davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz
solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda,
davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni byudjetga to‘lanishi lozim