Aktsiz solig‘ining iqtiso-
diy mohiyati va byudjet
daromadlarida tutgan
152
Aksiz solig‘i to‘lovchi-
lar. Soliq obyekti va
bazasi
korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari
respublikamizda ishlab chiqarilayotgan ayrim tovarlarning (guruch,
mebel, atir sovun va boshqa tovarlar) aksiz osti tovarlari ro‘yxatidan
chiqarib tashlandi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining
ulushi davlat byudjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda.
Aksiz solig‘i to‘liq respublika byudjetiga kelib tushadi va soliq yuki
iste’molchilar zimmasida bo‘ladi.
3.4.1-diagramma. Aksiz solig‘ining davlat byudjeti
daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
35
Aksiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib,
mulk shaklidan va soliqqa tortishning
qanday tartibi o‘rnatilganligidan qat’iy
nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida
aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab
chiqaruvchi, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz
to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar
hisoblanadi. Bundan tashqari oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovarlarni
ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini
yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib
hisoblanadi.
35
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi «O‘zbekiston
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi
qarorlari asosida tayyorlangan.
153
Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz
to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib
belgilanishi mumkin (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2011 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari
to‘g‘risida»gi PQ-1675-sonli qaroriga muvofiq 2012 yilning 1 yanvaridan
boshlab chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik
mahsulotlariga 1 gramm zargarlik buyumi uchun 10 AQSh dollari
ekvivalentida aksiz solig‘i joriy etildi). Mazkur tartib O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3199-son qarori
asosida 2018 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilindi.
Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‘z mulkida,
xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega
bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob
beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan
mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan hamda ularni
amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va
javobgar bo‘la oladigan tashkilot tushuniladi
36
.
Soliq kodeksining 230-moddasiga ko‘ra quyidagi operatsiyalar aksiz
solig‘i solinadigan obyekt hisoblanadi:
aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan:
tovarni sotish (jo‘natish);
garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga
qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan
topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi
hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning
muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun
topshirish;
36
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.: «Adolat», 2018. 16-modda
154
aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav
kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi
bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga
(muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda
yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi)
munosabati bilan topshirish, shuningdek, oddiy shirkat shartnomasi
doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma
sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy
mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk
taqsimlangan taqdirda topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga
topshirish, shuningdek, ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni,
shu jumladan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash
mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan
qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga
topshirish;
ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz to‘lanadigan
tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona
hududiga import qilish.
Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari
tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Re-
spublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz
to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib
chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona
rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli
bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bel-
gilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya
yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha
xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan
zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek, grantlar hisobiga
155
yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni
import qilishga.
aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona
hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari
doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O‘zbekiston
Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni
jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi
qonun hujjatlarida belgilanadi;
vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda,
telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining
texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan
olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import
qilishga.
Aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar uchun soliq solish bazasi bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan
aksiz to‘lanadigan tovarlar (etil spirti, vino, konyak, aroq, pivo, o‘simlik
(paxta) yog‘i, sigaretalar) bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada
ifodalangan hajmi;
aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab
chiqarilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar (zargarlik buyumlari,
kumushdan ishlangan oshxona anjomlari, qimmatbaho metallar, neft
mahsulotlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, paxta tolasi) bo‘yicha realizatsiya
qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning aksiz solig‘i hamda qo‘shilgan
qiymat solig‘i kiritilmagan qiymati;
ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul
yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun
beriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha, shuningdek, tovarlar
tannarxidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq to‘lovchi
tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam bo‘lmagan
darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat;
qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab
chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz to‘lanadigan
tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga
berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini o‘z ichiga olgan qiymat;
aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import
qilinayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati.
156
Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq to‘lovchida
tuzatish kiritiladi:
tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
bitim shartlari o‘zgartirilganda;
baholar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan)
foydalanganda.
Aksiz solig‘i stavkalari tovarning
qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor) va
(yoki) naturada ifodalangan o‘lchov birligiga
mutlaq summada (qat’iy) belgilanadi. Aksiz
solig‘i stavkalari va aksiz to‘lanadigan
tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan
belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‘mitasining quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi.
2018 yilda aksizosti tovarlarga belgilangan soliq stavkalari
quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: |