Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Import tovarlarga nisba-
tan qo‘shilgan qiymat soli-
g‘ini hisoblash tartibi 

sug‘urta brokerlari uchun - sug‘urta polisi va shartnoma top-
shirig‘i hisoblanadi. 
Ishlar (qurilish, ta’mirlash-qurilish, loyiha-qidiruv, ilmiy-tadqiqot 
va boshqa ishlar) bajarish yoki xizmatlar (transportga doir, mol-mulkni 
ijaraga berish, aloqa xizmatlari va boshqalar) ko‘rsatish bilan 
shug‘ullanadigan korxonalar ham hisobvaraq-faktura yozishi shart.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, 
aloqa xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir yo‘lda tashishlar, bank 
operatsiyalari, shuningdek, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz 
yetkazib berishni amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar hisobot davrining 
oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi. 
Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish 
uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati 
to‘g‘risidagi ma’lumotnoma - hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda 
hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha 
majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qo‘shilgan qiymat solig‘i 
to‘lovchilari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ko‘rsatilgan yoki 
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmaganlar uchun «Qo‘shilgan 
qiymat solig‘isiz» yozuvi (shtampi) qo‘yilgan holda mavjud bo‘lsa, 
bunda mazkur hujjatlar hisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday 
korxonalar qo‘shimcha ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi mumkin.
Import qilinadigan tovarlarga 
nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i 
to‘lovchilari bo‘lib, tovarlarni import 
qiladigan yuridik shaxslar, shuningdek, 
o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasidan ortiq 
tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar hisoblanadi (demak, jismoniy 
shaxslar ham bevosita qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lishi 
mumkin). 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan obyekt bo‘lib, O‘zbekiston 
Respublikasining bojxona qonunlariga binoan belgilangan bojxona 
rejimlariga muvofiq O‘zbekiston hududiga import qilinadigan tovarlar 
hisoblanadi. 
Tovar deganda iste’molga mo‘ljallangan va qiymatga ega bo‘lgan 
barcha narsalar tushuniladi. 
Import tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab 
chiqarish uchun asos bo‘lib, bojxona qonunchiligiga muvofiq 
belgilanadigan bojxona qiymati hisoblanadi. 
Tovarlar importi bo‘yicha soliq solinadigan oborot hajmiga bojxona 
qiymati bilan bir qatorda bojxona boji summasi va aksiz solig‘i summasi 
(aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar bo‘yicha) kiritiladi. 


148
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i 
quyidagi formula orqali hisoblanadi: 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin