( chegirish)
usuli qo‘llaniladi. Ushbu
usulning mohiyati shundaki, soliq baho farqi, ustama va mukofotlar
sifatida olingan daromaddan hisoblanadi. Byudjetga soliq to‘lashda
hisoblangan soliq summasi ushbu daromadni olishga sarflanadigan
xizmatlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga kamaytiriladi.
Demak, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini vositachilik
korxonalari mukofotlar summasidan hisoblaydilar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish.
Umumdavlat soliqlarini
to‘lovchi korxonalarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning amaldagi
mexanizmi soliqni ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘lgan yangidan
yaratilgan qiymatdan to‘lanishini ko‘zda tutadi. Qo‘shilgan qiymat ikki
marotaba soliqqa tortilmaydi.
1998 yil 1 yanvardan Soliq kodeksining joriy etilishi bilan birga
hisobvaraq-fakturalar kiritilgan bo‘lib, u kirimdagi soliq summasini
hisobga olish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Ammo, amaliyotda bu
tartib o‘zining vazifasini to‘laqonli bajara olmadi, chunki bu davrda
byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi - yetkazib
beriladigan mahsulotga hisoblangan soliq summasi bilan bevosita ishlab
chiqarishga sarflangan material resurslarga hisoblangan soliq summasi
o‘rtasidagi farqi sifatida aniqlanar edi. Bu tartibdagi hisoblash
mexanizmi 1999 yilga qadar amaliyotda qo‘llanilib kelindi va uning
ayrim kamchiliklari mavjud edi. Jumladan:
ishlab chiqarishga sarflangan paytda xom-ashyo va materiallarga
hisoblangan soliq summasini byudjet bilan hisob-kitobda chegirilishi –
korxonalarning oborot mablag‘larini cheklanishiga olib keldi;
qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq faktura asosida hisoblanish
mexanizmi ishlamadi, chunki amalda hisobvaraq fakturada ko‘rsatilgan
soliq summasi byudjetga hisobga olib borishda asos bo‘lmadi;
bunday hisoblash tartibi xalqaro soliq amaliyotidagi qo‘shilgan
qiymat solig‘ini hisoblash tamoyillariga zid kelardi.
Ushbu holatlar tahlil qilinib 1999 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat
solig‘ini hisoblash mexanizmi o‘zgartirildi va xalqaro amaliyotga
qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tamoyillariga moslashtirildi.
Quyida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning taqqoslama usuli
keltirilgan (3.3.1-jadval).
Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi korxonalarning oborot
mablag‘larini chetlanishini keskin kamaytiradi.