139
chet el valutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish;
kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish,
berish,
qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash
va saqlash);
moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining
(lizingga beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
forfeyting
va faktoring operatsiyalari;
lombard operatsiyalari (garovga qo‘yilgan mol-mulkka qisqa
muddatli kreditlar berish);
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining oboroti;
mijozlarning hisob raqamlariga banklar tomonidan elektron
masofali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar.
Sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish
xizmatlari bo‘yicha sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari
tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta qilish bo‘yicha
xizmatlar bu
xizmatlar natijasida:
sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa,
qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish
shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari;
qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha
vositachilik haqi va tantemalar;
sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer
hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining
xizmatlari
uchun vositachilik haqi;
qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha
sug‘urta to‘lovlari ulushining qayta sug‘urtalovchilar tomonidan
to‘lanadigan to‘lovini;
sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish
shartnomalari bo‘yicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress)
tartibida talab qilish bo‘yicha daromadlar;
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar,
ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘rsatgan
xizmatlardan olinadigan daromadlar;
qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha
depo mukofotlariga
hisoblangan hamda qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan qayta
sug‘urtalovchiga o‘tkazilgan foizlar;
hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qildiru-
vchilar taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar;