125
XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yev-
ropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning
asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati
tomonidan hamjamiyatga a’zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat
solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me’yorlarini
umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning
qabul qilinishi
hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri
soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘iga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri
shundaki, soliqqa tortishning obyekti bo‘lib, nafaqat ichki bozordagi
tovaroborot, balki mamlakat korxonalarining tashqi bozorlaridagi
tovaroboroti ham hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda, ko‘pchilik hollarda, qo‘shilgan qiymat
solig‘ini «Yevropacha» soliq, deb ham atashadi. Buning asosiy sababi
shundaki,
birinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i dunyoda
birinchi marta
Yevropa davlati bo‘lgan Fransiyada joriy etildi; ikkinchidan, 1977-yilda
qabul qilingan Direktivaga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i bir vaqtning
o‘zida Yevropaning bir necha davlatlarida joriy etildi; uchinchidan,
qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropadagi integratsion jarayonlarni
shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Hozirgi vaqtda qo‘shilgan qiymat solig‘i Yevropa Ittifoqiga a’zo
bo‘lgan mamlakatlarning davlat byudjetlarining daromadlarini
shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Yevropa mamlakatlarida egri
soliqlarning
roli AQSh,
Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda
yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida
egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim
mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan
yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya
kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich
25-30 foizni tashkil qiladi.
Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda soliq tushumlarining
tarkibida egri soliqlarni yuqori salmoqqa ega ekanligining asosiy
sabablaridan biri, bu mamlakatlarda soliq
stavkalarini
umumlashtirilganligi va soliqqa tortish bazasini o‘zaro
uyg‘unlashtirilganligi hisoblanadi. Bu masalaning O‘zbekiston Re-
spublikasi uchun amaliy ahamiyatga ega ekanligi shundaki, mam-
lakatimiz tovaroborotining sezilarli qismi Rossiya Federatsiyasi,
Ukraina va Qozog‘iston Respublikalariga to‘g‘ri keladi. Hozirga qadar
mazkur mamlakatlar o‘rtasida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalarini
126
umumlashtirish va soliqqa tortish bazasini uyg‘unlashtirish masalasi hal
qilinmagan. Bu esa, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo
munosabatlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.
O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan
buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va
sotuvdan olinadigan soliq o‘rniga aksiz solig‘i bilan birgalikda
kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan
qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa bir marotaba umumiy
oborotdan olinar edi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbayi
sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va
amaliy ahamiyatini saqlab kelmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining
2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat
byudjeti parametrlari to‘g‘risida» gi PQ-2699-sonli qaroriga ko‘ra 2017
yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti
daromadlari tarkibidagi
salmog‘i 30,2 foizni, egri soliqlardagi ulushi esa 55,3 foizni tashkil etishi
prognozlashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini
byudjet daromadlarining asosiy manbayi ekanligini bildiradi (3.3.1-
diagramma).
3.3.1-diagramma. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti
Dostları ilə paylaş: