Soliqni hisoblash, hisob- kitoblarni taqdim etish va to‘lash tartibi
ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va
o‘rmon fondidagi yerlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi so-
hasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli
tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy
hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga soliqdan imtiyoz
belgilanganda ular soliqni ushbu huquq paydo bo‘lgan oydan boshlab
to‘lashni to‘xtatadilar. Soliq imtiyozlari bekor qilingan taqdirda ular
yagona yer solig‘ini ushbu huquq bekor qilingan oydan keyingi oydan
boshlab to‘lashni boshlaydilar.
Soliq to‘lovchilar yagona yer solig‘i
summasini belgilangan shakl bo‘yicha
soliq solinadigan bazaga qarab yer
uchastkalarining normativ qiymati hamda
yer uchastkalarining maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab
chiqadilar. Yagona yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi
joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1
mayigacha taqdim etiladi (3-ilova).
Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig‘i yer
uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. Yer uchastkasi
olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig‘ini to‘lash yer
uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to‘xtatiladi
(kamaytiriladi).
Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan,
shuningdek, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq
vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to‘lovchilar davlat soliq
xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer
solig‘ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart.
Yagona yer solig‘ini to‘lash quyidagi muddatlarda amalga
oshiriladi:
hisobot yilining 1 sentabrigacha - yillik soliq summasining 30
foizi;
hisobot yilining 1 dekabrigacha - soliqning qolgan summasi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari buxgalteriya hisobida
yagona yer solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitobni byudjetga
to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritadilar.